XALQ DEPUTATLARI KASBI TUMANI KENGASHINING
QARORI
Kasbi tumanida Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun majburiy toʻlov narxlari (tariflar)ni tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-sentabrdagi “Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 4845-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-387-sonli qarorining 8-bandi “a” kichik bandi ijrosini taʼminlash maqsadida hamda Kasbi tumani Iqtisodiyot va moliya boʻlimining 2026-yil 18-avgust kunidagi 01-20-237/10-38-/351-sonli xatini, Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 2026-yil 26-yanvardagi VII-21-13-4-0-K/26-son qarori va xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlarining takliflarini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarori rahbarlik va jro uchun qabul qilinsin.
2. Kasbi tumani Iqtisodiyot va moliya boʻlimining tumanda Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun majburiy toʻlov narxlari (tariflar)ni belgilash toʻgʻrisidagi taklifi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Kasbi tumani obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tuman markaziy koʻchalari boʻyidagi tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnoma asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatini koʻrsatish boʻyicha tariflar 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga markaziy koʻchalar boʻyidagi tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatiladigan chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatlari uchun yangi tariflar tasdiqlanganligini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng jamoatchilik hamda tadbirkorlik subyektlari eʼtiboriga yetkazish vazifasi topshirilsin.
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi Gʻ. Xujageldiyevga hamda ijrosini taʼminlash tuman hokimining oʻrinbosari M. Tursunov zimmasiga yuklatilsin.
6. Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
7. Ushbu qaror rasmiy veb-sayt va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinsin
Kengash raisi SH. SHARIPOV
Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani,
2026-yil 25-avgust,
VII-20-84-4-61-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.