XALQ DEPUTATLARI CHIROQCHI TUMANI KENGASHINING
QARORI
Tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan koʻrsatiladigan obodonlashtirish va maishiy chiqindi xizmatlari uchun toʻlov tariflari miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, tuman markaziy koʻchalari boʻyida joylashgan tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda hududlarning sanitariya va ekologik holatini yaxshilash maqsadida, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi, qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-387-sonli qaroriga muvofiq 2026-yil 1-yanvardan boshlab obodonlashtirish boshqarmalariga tuman va shaharlar markaziy koʻchalari boʻyidagi tadbirkorlik subyektlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatini koʻrsatish huquqi berilganligi hamda mazkur xizmatlar tariflarini belgilash xalq deputatlari Kengashlari vakolatiga kiritilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Xalq deputatlari tuman Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar” boʻyicha doimiy komissiyasining xulosasi hamda tuman hokimining oʻrinbosari B. Norqobilovning taklifi maʼqullansin.
3. Tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tuman markaziy koʻchalari boʻyidagi tadbirkorlik subyektlari (yuridik shaxslar) bilan tuziladigan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida koʻrsatiladigan xizmatlar tariflari miqdori ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tuman obodonlashtirish boshqarmasi (B. Abdullayev):
tuman markaziy koʻchalari boʻyida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan belgilangan tariflar asosida shartnomalar tuzilishi va xizmatlar oʻz vaqtida, sifatli koʻrsatilishini taʼminlasin;
koʻrsatilgan xizmatlardan tushgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda ishchi-xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
5. Tuman hokimligi axborot xizmati ushbu qaror bilan tasdiqlangan tariflarni keng jamoatchilik va tadbirkorlik subyektlariga veb-sayt hamda rasmiy telegram kanal orqali maʼlum qilinishini taʼminlasin.
6. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
7. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar” boʻyicha doimiy komissiyasi raisi D. Avlayorov hamda ijrosini taʼminlash tuman hokimining oʻrinbosari B. Norqobilov zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi B. ISHTEMIROV
Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani,
2026-yil 26-avgust,
VII-21-78-4-66-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.