XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHINING
QARORI
Oltinsoy tumanida “Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlariga muvofiqligi haqida”gi ekspert xulosasiga asosan qonun hujjatlariga muvofiq deb topilgan geografik obyektlarni nomlash, oʻzgartirish va tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 27-oktabrdagi “Geografik obyektlarga nom berish va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqidagi”gi 05-19-18474-sonli ekspertiza xulosasi, tuman hokimi O. Mavlyanovning Geografik obyektlarga nom berish va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini koʼrib chiqish toʼgʼrisida 2026-yil 3-iyundagi 01-49/71-sonli xati koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi 303-son Qonuni 10-moddasiga hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-, 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 27-oktabrdagi yigʻilish bayoni, Geografik obyektlarga nom berish va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqidagi 05-19-18474-sonli xulosasi, Oltinsoy tuman hokimligi Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi raisining 2026-yil 3-iyundagi 01-49/71-sonli xati inobatga olinsin va maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oltinsoy tuman hokimligi “Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi”ning Respublika ekspert komissiyasining xulosasi bilan qonun hujjatlariga muvofiq deb topilgan tumandagi 16 ta koʻcha nomlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman Uy-joy qurilish va kommunal xoʻjaligi boʻlimi, Davlat kadastrlari palatasi tuman filiali, tuman Soliq inspeksiyasi, tuman Statistika boʻlimi, tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi, tuman Davlat xizmatlari markazi va boshqa tegishli mutasaddi davlat organlari birgalikda:
qonun hujjatlariga muvofiq deb topilgan tumandagi 16 ta koʻcha nomi boʻyicha ish yuritish hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish bilan bogʻliq barcha tadbirlarni amalga oshirish vazifasi yuklatilsin.
4. Oltinsoy tumani hokimining oʻrinbosari (T. Chorshanbiyev), tuman Obodonlashtirish boshqarmasi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tuman boʻlimi qonun hujjatlariga muvofiq deb topilgan koʻchalar va mahalla nomlarini aholi oʻrtasida keng targʻib qilish, belgilangan tartibda zamonaviy koʻrinishdagi OʻzDSt texnik shartlariga javob beradigan peshlavhalar yozib oʻrnatish ishlarini tashkil etsin.
5. Belgilansinki, geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni moliyalashtirish mahalliy budjet mablagʻlari va qonun hujjatlarida taʼqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
6. Oltinsoy tuman Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi (T. Chorshanbiyev)ga 15 kun muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligiga qonun hujjatlariga muvofiq deb topilgan tumandagi 16 ta koʻchalar nomlarni davlat reyestriga kiritish uchun tegishli hujjatlar taqdim etish vazifasi yuklatilsin.
7. Tuman hokimligi matbuot xizmati (U. Abdurasulov)ga mazkur qarorni hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirsin hamda ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilinsin.
8. Ushbu qarorning ijro etilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (A. Mamatmuratov)ga zimmasiga yuklatilsin.
9. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi A. TURDIYEV
Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumani,
2026-yil 29-iyul,
VII-20-77-8-108-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.