ANDIJON VILOYATI XOʻJAOBOD TUMANI HOKIMINING
QARORI
Xoʻjaobod tumani hududidan oʻtuvchi A-373 “M-39 Guliston-Boʻka-Angren-Qoʻqon va Andijon orqali-Oʻsh” xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yoʻlining 475 km qismiga 3.27 yoʻl belgisi oʻrnatishga ruxsat berish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2013 yil 10 apreldagi “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida OʻRQ-348-sonli Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 apreldagi “Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 172-sonli qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek Xoʻjaobod tuman Ichki ishlar boʻlimining 2025 yil 20 martdagi 46/6/1-168-sonli xati va Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qiladi:
1. Xoʻjaobod tuman Ichki ishlar boʻlimining 2025 yil 20 martdagi 46/6/1-168-sonli aloqaxati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Xoʻjaobod tumani hududidan oʻtuvchi A-373 “M-39 Guliston-Boʻka-Angren-Qoʻqon va Andijon orqali-Oʻsh” xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yoʻlining 475 km qismiga 3.27 yoʻl belgisi oʻrnatilishiga ruxsat berilsin.
3. Xoʻjaobod tuman Ichki ishlar boʻlimi (A. Oxunov) hamda tuman Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi (Sh. Qurbonov)larga tuman avtomobil yoʻllardan foydalanish UK (D. Qosimov) bilan kelishilgan holda Xoʻjaobod tumani hudidan oʻtuvchi A-373 “M-39 Guliston-Boʻka-Angren-Qoʻqon va Andijon orqali-Oʻsh” xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yoʻlining 475 km qismiga 3.27 yoʻl belgisi oʻrnatish vazifasi yuklatilsin.
4. Tuman ichki ishlar boʻlimi (A. Oxunov)ga ushbu hududda harakatlanuvchi transport vositalarini mazkur yoʻl belgilariga qatʼiy rioya qilinishiga hamda harakat xavfsizligini taʼminlash vazifasi yuklatilsin.Mazkur qaror ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilingan kundan boshlab qonuniy kuchga kiradi.
5. Xoʻjaobod tuman hokimligi matbuot xizmati (S. Sayidaliyev)ga ushbu qarorni “Haqiqat” gazetasi va tuman hokimligi rasmiy veb-saytiga joylashtirish vazifasi topshirilsin.
6. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari E. Joʻraxonov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim J. BOZORBOYEV
Xoʻjaobod t.,
2026-yil 17-avgust,
149-1-27-Q/26-son