28.08.2026 yildagi VII-22-81-8-120-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI SHOʻRCHI TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shoʻrchi tumanidagi 33 ta mahalla fuqarolar yigʻinlari hududidagi 91 ta geografik obyekt — koʻcha, berk koʻcha va tor koʻchalarni nomlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-303-son Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari Shoʻrchi tuman kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasining 2026-yil 28-maydagi 01-33/517-sonli bayoni hamda Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha viloyat komissiyasining 2026-yil 6-apreldagi 14-02/61-sonli bayoni boʻyicha Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2026-yil 19-maydagi 05-19-9077-sonli bayoni hamda ekspert xulosasi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tumandagi 33 ta mahalla fuqarolar yigʻinlari hududida koʻchalarni toifalash (tor, berk va shoh koʻchalar) natijasida aniqlangan jami 91 ta koʻchaning nomlari mazkur qarorning ilovasiga muvofiq tasdiqlansin hamda ushbu koʻcha nomlari Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-303-son “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat kadastrlar palatasi tuman boʻlimi (Ch. Mamatqulov), tuman Mahalla boʻlimi boshligʻi (A. Nurboyev) toifalangan koʻchalarni raqamlash hamda hujjatlarni yuritilishida 91 ta geografik obyekt (koʻcha, berk koʻcha, tor koʻcha)ni nomlanishidan foydalanish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman Mahallalar uyushmasi tuman boʻlimi boshligʻi (A. Nurboyev) barcha koʻcha nomlari tushirilgan mahalla xaritalarini mahalla binolariga oʻrnatish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi (N. Shoyeva) oʻn kun muddatda ushbu 33 ta mahalla fuqarolar yigʻinlaridagi koʻchalarni jami 91 ta geografik obyekt (koʻcha, berk koʻcha, tor koʻcha)ni Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi 303-sonli Qonun hujjatlari talablariga muvofiq deb topilishi va nomlanishi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligiga davlat reyestriga kiritish uchun yuborishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman Ichki ishlar boʻlimi (N. Narzullayev) fuqarolarining fuqarolik manzillari yuritilishida yangi nomlardan foydalanish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror “Tafsilot” gazetasida, Shoʻrchi tuman hokimligigining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin, ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman hokimligi devonxona mudiri (B. Qurbonov) mazkur qaror nusxalarini tegishli tartibda tuman Tibbiyot birlashmasi, Oʻzbekiston Mahallalar uyushmasi, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi va tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi, tuman Statistika boʻlimi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlarga belgilangan tartibda qaror nusxalarini joʻnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (B. Boykeldiyev) hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyalari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi I. SAIDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati, Sho'rchi tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 28-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-22-81-8-120-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.