03.09.2026 yildagi 412-8-0-Q/26-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat hali kuchga kirgan emas
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SURXONDARYO VILOYATI HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini toʻxtash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlov tariflari miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi “Qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini toʻxtash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibini takomillashtirish toʻg'risidagi 149-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 358-son qarorlariga asosan viloyat hududida qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini toʻxtash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlanishini takomillashtirish, qoʻllanilayotgan tarif narxlarining cheklangan miqdorlarini belgilash hamda transport vositalari saqlanishi uchun javobgarlikni oshirish maqsadida, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6 va 24-moddalariga asosan, qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Surxondaryo viloyatining tuman va shaharlarida qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini toʻxtash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlov tariflari miqdori ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Viloyat IIB JXX Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi (A. Muminov) qonun hujjatlari buzilganligi uchun vakolatli davlat organlari tomonidan ushlangan transport vositalarini toʻxtash joylariga olib kelish, joylashtirish, saqlash, hisobini yuritish va olib chiqib ketishga ruxsat berish ishlarini “Jarima maydonchasi” axborot tizimi orqali amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini toʻxtash joylariga olib kelinishi, joylashtirilishi va saqlanishida qonuniylikning taʼminlanishi hamda sanitariya va yongʻinga qarshi qoidalarga rioya etilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Viloyat Soliq boshqarmasi (A. Valiyev) transport vositalarini saqlash xizmatlari koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslardan soliqlarni qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda oʻz vaqtida undirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Viloyat hokimining oʻrinbosari A. Amirov, viloyat IIB JXX Yoʻl harakat xavfsizligi boshqarmasi (A. Muminov), tuman va shahar hokimliklari bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 149-son qarori bilan tasdiqlangan “Qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini saqlash xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslarni ochiq tanlov asosida elektron tarzda tanlab olish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom talablariga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish ishlarini umumiy muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Viloyat hokimligi Axborot xizmati rahbari — davlat tili bo`yicha maslahatchisi (M. Davlatov) qarorni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasiga joylashtirilishini, shuningdek,“Surxon tongi” va “Zarya Surxana” gazetalarida hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytida rasmiy eʼlon qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Viloyat IIB JXX Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi (A. Muminov), barcha transport vositalarini toʻxtash joylari (tadbirkorlar) rahbarlari — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi “Narxlari davlat tomonidan tartibga solinishi lozim boʻlgan tovarlar narxlarining (tariflarining) shakllanishi hamda qoʻllanilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 722-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasiga batafsil barcha xisob-kitoblarni eʼlektron hamda tasdiqlangan holda taqdim etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilish va nazorati viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari Sh. Rajabov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyat hokimi U. QOSIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 3-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
412-8-0-Q/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.