11.09.2026 yildagi III-28-80-14-199-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI MIROBOD TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mirobod tumanidagi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar hududida obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish xizmatlarini koʻrsatish va buning natijasida yuzaga kelgan qattiq va maishiy chiqindilarini olib chiqib ketish xizmatlari uchun toʻlov tarifi miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-387-sonli qarori va uning 8-a bandi, Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar Ichki Ishlar Bosh Boshqarmasi, Toshkent shahar Davlat Soliq Boshqarmasi, Toshkent shahar Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti, Toshkent shahar Adliya Boshqarmasi va Toshkent shahri boʻyicha Milliy Gvardiya Boshqarmalarining 2025-yil 5-martdagi “Toshkent shahri ekologiya va atrof muhitni hamda sanitar holatini yaxshilash va koʻkalamzorlashtirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 5-q/q-sonli qoʻshma qaroriga asosan 2026-yil 1-yanvardan boshlab, Obodonlashtirish Boshqarmalari tomonidan tuman (shahar)lar markaziy koʻchalari boʻylaridagi tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnoma asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatini koʻrsatishga ruxsat berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatini koʻrsatganlik boʻyicha tariflar tuman (shahar)lar hokimliklari tomonidan Xalq deputatlari tuman (shahar)lar Kengashlari sessiyalarida koʻrib chiqilib, tasdiqlash uchun kiritilishi belgilan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar Obodonlashtirish Bosh Boshqarmasining 2026-yil 18-avgustdagi 1-11/1775-sonli xati hamda Mirobod tumani hokimining qurilish, toʻsiqlarisiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining 2026-yil 20-avgustdagi A07-233-sonli xatini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-, 24-moddalari asosida xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-387-sonli qarori asosida Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar Ichki Ishlar Bosh Boshqarmasi, Toshkent shahar Davlat Soliq Boshqarmasi, Toshkent shahar Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti, Toshkent shahar Adliya Boshqarmasi va Toshkent shahri boʻyicha Milliy Gvardiya Boshqarmalarining 2025-yil 5-martdagi “Toshkent shahri ekologiya va atrof muhitni hamda sanitar holatini yaxshilash va koʻkalamzorlashtirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 5-q/q-sonli qoʻshma qarori ijroga qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent shahar Obodonlashtirish Bosh Boshqarmasining 2026-yil 18-avgustdagi 1-11/1775-sonli xati, Mirobod tumani hokimining qurilish, toʻsiqlarisiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining 2026-yil 20-avgustdagi A07-233-sonli xati inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mirobod tumanidagi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar hududida obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish xizmatlarini koʻrsatish va buning natijasida yuzaga kelgan qattiq va maishiy chiqindilarini olib chiqib ketish xizmatlari uchun toʻlov tarifi miqdori ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimi oʻrinbosari (F. Najmiddinov), tuman obodonlashtirish boshqarmasi (Gʻ. Djonxodjaev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning qattiq maishiy chiqindilarni saqlash joylaridan olib chiqib ketilishida xizmat koʻrsatish davrida sanitariya qoidalariga toʻliq rioya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markaziy koʻchalari boʻyidagi tadbirkorlik subyektlari bilan chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish boʻyicha mablagʻlardan samarali foydalanish, tuman markaziy koʻchalarni lozim darajada sanitar holatda tutish, tuman obodonlashtirish boshqarmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, sohada koʻrsatilayotgan xizmatlar darajasini yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalari vakillari bilan hamkorlikda tuman hududi sanitar holatini nazorat qilishda targʻibot va tashviqot ishlarini kuchaytirish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mirobod tumani Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (J. Fatullaev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil Mirobod tuman mahalliy budjetiga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qaror ijrosi yuzasidan nizolar kelib chiqganda oʻrnatilgan tartibda sud orqali hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (A. Mamanazarov) zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi X. KAYUMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 11-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III-28-80-14-199-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.