OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNCHILIK PALATASINING
QARORI
“Aholiga notariat sohasidagi xizmatlarning sifatli va shaffof tarzda koʻrsatilishini hamda mazkur sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini taʼminlash holati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A. Tashkulovning javobi haqida
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Aholiga notariat sohasidagi xizmatlarning sifatli va shaffof tarzda koʻrsatilishini hamda mazkur sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini taʼminlash holati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A. Tashkulov tomonidan yuborilgan yozma javob maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2026-yil 25-avgust,
2502-V-son