24.08.2026 yildagi 2494-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNCHILIK PALATASI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining 2026-yil yanvar — iyul oylaridagi faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) 2026-yil yanvar — iyul oylaridagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi taʼkidlaydiki, Qoʻmita tomonidan sogʻliqni saqlash, ijtimoiy himoya hamda mehnat munosabatlari yoʻnalishlaridagi islohotlarning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash, oʻz faoliyati doirasida taʼsirchan parlament nazoratini olib borish borasida muayyan ishlar amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davrda Qoʻmita 11 ta qonun loyihasi ustida ish olib borgan. Ularning 10 tasi qabul qilinib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun loyihalarida aholiga tibbiy yordamning kafolatlangan hajmiga kiradigan xizmatlarni koʻrsatish, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining kasbiy faoliyatini amalga oshirish tizimini takomillashtirishga, farmatsevtika faoliyatini rivojlantirishga, pensiyaga oid xizmatlarni maqbullashtirishga, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada kuchaytirishga, xalqaro mehnat standartlarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilishga, faxriylarning ijtimoiy maqomini mustahkamlashga qaratilgan normalar oʻz aksini topgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlarini xatlovdan oʻtkazish natijalari hamda nazorat-tahlil tadbirlari yakunlaridan kelib chiqqan holda qoʻmita aʼzolari tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida 1 ta qonun loyihasi ishlab chiqilib, Qonunchilik palatasiga kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita masʼul boʻlgan qonun loyihalarini koʻrib chiqish va maromiga yetkazish maqsadida ishchi guruhlarning 80 dan ortiq yigʻilishlari oʻtkazilgan. Ularda qonun loyihalari normalarining xalqchil boʻlishini taʼminlash va islohotlar jarayoniga taʼsirini yanada kuchaytirish maqsadida Qoʻmita huzurida tashkil etilgan Jamoatchilik kengashi aʼzolari ham faol ishtirok etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun ijodkorligi faoliyatida fuqarolik jamiyati institutlari, Qoʻmitaning faoliyat yoʻnalishlariga daxldor sohalar vakillari hamda keng jamoatchilik bilan oʻzaro muloqotni har tomonlama kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratilgan. Jumladan, oʻtgan davrda aholi bandligi sohasidagi tashkilotlar, fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar, sogʻliqni saqlash va farmatsevtika sohasi vakillari bilan tematik uchrashuvlar oʻtkazilib, tegishli qonunchilikni takomillashtirish masalalari muhokama qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davrda Qoʻmita tomonidan davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitishga doir 7 ta, qonunlarning va qonunosti hujjatlarning ijro etilishi holatini oʻrganishga taalluqli 2 ta hamda Qonunchilik palatasi qarori ijrosini monitoring qilish yuzasidan 2 ta nazorat-tahlil tadbiri oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita majlislarida davlat organlari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitishda budjet mablagʻlaridan foydalanish bilan bogʻliq maqsadli indikatorlarning natijadorligi, rahbar xodimlarning samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) ijrosi, barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsadlar va “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida aholi bandligi taʼminlanishi kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijrosini Surxondaryo viloyati, “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi hamda kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash borasidagi qaror va dasturlar ijrosi Andijon, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari misolida nazorat-tahlil tartibida oʻrganilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davrda Qoʻmita tomonidan seminar, konferensiya, davra suhbati va matbuot anjumani kabi 11 ta tashkiliy-amaliy tadbir oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi bilan hamkorlikda “Oʻzbekistonda aholini sogʻlom ovqatlanish va geni oʻzgartirilmagan mahsulotlar bilan taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan” jamoatchilik eshituvi tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita aʼzolari tomonidan fuqarolar bilan tizimli muloqotni kuchaytirishga ustuvor ahamiyat qaratilib, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 421 ta murojaat belgilangan tartibda koʻrib chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini jamoatchilikka yetkazish maqsadida ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Xususan, Qoʻmitaning hisobot davridagi faoliyati yuzasidan ommaviy axborot vositalarida jami 821 marotaba chiqish qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga Qoʻmitaning oʻtgan davrdagi faoliyati tahlili kelgusidagi ishlarni tashkil etishda bir qator jihatlarga eʼtiborni yanada kuchaytirish lozimligini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, qonun loyihalarini muhokama qilish va nazorat-tahlil tadbirlarini oʻtkazish jarayonida Qoʻmita huzurida tashkil etilgan Jamoatchilik kengashi imkoniyatlaridan samarali foydalanish maqsadga muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita hududlarga chiqqan holda oʻzining faoliyat yoʻnalishiga taalluqli qonunlarning joylarda ijro etilishi holatini nazorat-tahlil tartibida oʻrganishga eʼtiborni yanada kuchaytirishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita oʻzining koʻrib chiqishida boʻlgan qonun loyihalarini oʻz vaqtida va sifatli tayyorlashga hamda belgilangan muddatda Qonunchilik palatasining majlisiga kiritishga jiddiy eʼtibor qaratishi talab etiladi. Bundan tashqari huquqni qoʻllash amaliyotini muntazam ravishda tahlil qilgan holda, oʻz faoliyatiga doir qonun hujjatlarini takomillashtirish borasida tashabbuskorlikni oshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmitaning nazorat-tahlil faoliyatida, shuningdek davra suhbati, seminar, konferensiya kabi tadbirlarni tashkil etishda natijadorlikka alohida eʼtibor qaratish muhim ahamiyatga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining 2026-yil yanvar — iyul oylaridagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatiga doir qonunlarning joylarda ijro etilishi holatini oʻrganishga hamda qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun loyihalarini Qoʻmita huzuridagi Jamoatchilik kengashi yigʻilishlarida muntazam ravishda muhokama qilib borishga hamda nazorat-tahlil tadbirlariga soha mutaxassislarini va ekspertlarni kengroq jalb etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parlament nazorati tadbirlari yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarorlarning ijrosini belgilangan muddatlarda muhokama qilib borishga hamda ijro etilmagan bandlar boʻyicha tegishli davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat-tahlil tadbirlarini oʻtkazish uchun hududlarni tanlashda aholining murojaatlariga, sohadagi muammolar darajasiga va ijtimoiy koʻrsatkichlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita tomonidan koʻrib chiqilayotgan qonun loyihalarining va oʻtkazilayotgan nazorat-tahlil tadbirlarining mazmun-mohiyatini doimiy ravishda jamoatchilikka eʼlon qilib borishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻz muddatida koʻrib borishga va fuqarolardan qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha kelib tushgan takliflarni ular ishtirokida Qoʻmita majlislarida muhokama qilishga alohida eʼtibor qaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari M. Xodjayeva zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 24-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2494-V-son