Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
«Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni boʻyicha kelishuv komissiyasining xulosasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan 2026-yil 9-iyulda rad etilgan «Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni boʻyicha kelishuv komissiyasining xulosasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Mazkur xulosa kelishuv komissiyasining takliflarini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2026-yil 3-avgust,
2425-V-son