20.07.2026 yildagi VII-38-91-10-0-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT VILOYATI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ugom daryosini “Davlat gidrologik tabiat yodgorligi” deb eʼlon qilish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi 710-II-sonli qonunining VI bob, 27-moddasida tabiiy obyektlar maxsus vakolatli davlat organining taqdimnomasi, shuningdek yuridik yoki jismoniy shaxslarning iltimosnomasi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari bilan “Davlat tabiat yodgorliklari” deb eʼlon qilinishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-maydagi “Ugom daryosining tabiiy gidrologik rejimi va biologik xilma-xilligini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 164-sonli qarorida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi va Toshkent viloyati hokimligining Ugom daryosini “Davlat gidrologik tabiat yodgorligi” deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh. Mahmudovning 2026-yil 8-iyundagi 6-3-2901-sonli xati Xalq deputatlari viloyat Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat, transport va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining 2026-yil 12-iyundagi yigʻilishida muhokama qilinib, qaror loyihasi oʻrnatilgan tartibda regulation.gov.uz portaliga joylashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiyaning yigʻilish bayoni va xulosasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6- va 24-moddalariga asosan, Xalq deputatlari viloyat Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi 710-II-sonli qonunining VI-bob, 27-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-maydagi “Ugom daryosining tabiiy gidrologik rejimi va biologik xilma-xilligini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 164-sonli qarori maʼlumot va asos uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-maydagi “Ugom daryosining tabiiy gidrologik rejimi va biologik xilma-xilligini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 164-sonli qarorida belgilangan Ugom daryosining Toshkent viloyati hududidan oqib oʻtuvchi 13,3 km qismi 1-ilovaga muvofiq, “Davlat gidrologik tabiat yodgorligi” deb eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Viloyat hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh. Mahmudov Ekologiya qoʻmitasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 1-oktabrga qadar daryoning tabiiy gidrologik va ekologik holatini kompleks oʻrganish, suv resurslari va bioxilma-xillikni muhofaza qilish, gidrotexnik inshootlar faoliyatining ekologik xavfini kamaytirish hamda sohil boʻyi hududlarida ekologik muhitni barqaror rivojlantirishni nazarda tutuvchi Ugom daryosi ekotizimini yaxshilash boʻyicha master rejasini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daryoning sohil boʻyi va muhofaza zonalaridagi erlar degradatsiyasining oldini olish maqsadida daraxt va butalar ekish tadbirlarini olib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Xalq deputatlari viloyat Kengashiga maʼlumotlar kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Viloyat ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmasi (J. Abdusalomov) hamda Burchmulla davlat oʻrmon xoʻjaligi (A. Turabbayev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ugom daryosini 13,3 km qismi “Davlat gidrologik tabiat yodgorligi” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan tegishli amaliy choralarni koʻrsin hamda belgilangan muhofaza rejimiga rioya etilishi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Viloyat hokimining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi Gʻ. Sheraliyev, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Toshkent viloyati teleradiokanali” davlat muassasasi direktori O. Begaliyev:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ugom daryosini “Davlat gidrologik tabiat yodgorligi” deb eʼlon qilishni ommaviy axborot vositalarida hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qarorning ijrosini taʼminlashga masʼul etib, viloyat hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh. Mahmudov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari viloyat Kengashi Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat, transport va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi A. Xudayberganov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi S. FAYZIYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 20-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-38-91-10-0-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.