XALQ DEPUTATLARI ASAKA TUMANI KENGASHINING
Qarori
Asaka tumani boʻyicha 2026-yil vegetatsiya davri uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishga ajratilgan cheklangan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvar kungi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy Davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-, 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Asaka tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvar kungi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Asaka tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori A. Abdurazzaqovning Asaka tumani boʻyicha 2026-yil vegetatsiya davri uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishga ajratilgan cheklangan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin va ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Asaka tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori (A. Abdurazzaqov)ga:
tumanga suv yetkazib berish boʻyicha ishlab chiqilgan limitlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvar kungi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qaror talablariga qatʼiy rioya qilish;
qaror mazmun mohiyatini massivlar hamda ular tarkibidagi fermer hamda dehqon xoʻjaliklari, MCHJ, korxona va tashkilotlarga yetkazish;
ilovalarda koʻrsatilgan limitlarni oʻz vaqtida va sifatli holatda yetkazib berish;
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida har yarim yilda doimiy komissiya va xalq deputatlari tuman Kengashiga axborot kiritish tavsiya etilsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish doimiy komissiya raisi (S. Xayitov) hamda tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari zimmalariga yuklatilsin.
Kengash raisi I. SULTONOV
Andijon viloyati, Asaka tumani,
2026-yil 20-aprel,
VII-19-27-1-17-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.