Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
«Birlashgan Millatlar Tashkilotining mediatsiya natijasida erishilgan xalqaro kelishuv bitimlari toʻgʻrisidagi konvensiyasiga (Nyu-York, 2018-yil 20-dekabr) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida»gi QL-264-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
«Birlashgan Millatlar Tashkilotining mediatsiya natijasida erishilgan xalqaro kelishuv bitimlari toʻgʻrisidagi konvensiyasiga (Nyu-York, 2018-yil 20-dekabr) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida»gi QL-264-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2026-yil 30-iyulda kiritilgan «Birlashgan Millatlar Tashkilotining mediatsiya natijasida erishilgan xalqaro kelishuv bitimlari toʻgʻrisidagi konvensiyasiga (Nyu-York, 2018-yil 20-dekabr) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida»gi QL-264-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2026-yil 3-avgust,
2421-V-son