ANDIJON VILOYATI ASAKA TUMANI HOKIMINING
QARORI
Asaka tumanida boʻsh turgan barcha turdagi boʻsh turgan yer uchastkalarini davlat yer kadastrida boʻsh turgan yer uchastkalari sifatida hisobga olish va davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 24-avgustdagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yoʻl qoʻymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora- tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-198-sonli Farmoni,Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 12-sentabrdagi “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda mahsulot yetishtirishning uzluksizligini taʼminlash va yerdan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-172-son Farmoni ijrosini taʼminlash,Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 6,24-moddalari hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6 va 10-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. Davlat kadastrlari palatasi tumani filiali (I. Sherov)ning 2026-yil 10-apreldagi taqdim etgan maʼlumotiga asosan egalikda boʻlmagan boʻsh turgan yer uchastkalarini, boʻsh yer uchastkalari sifatida xisobga olish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari - tuman Qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi (A. Matkarimov), Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali (I. Sherov), Kadastr agentligi tuman boʻlim (N. Axmadjonov)lar ilovaga muvofiq:
2 ish kuni muddatida yer uchastkalari boʻsh turgan yer uchastkalari sifatida hisobga olsin, yer hisobotiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 12-sentabrdagi PF-172-son Farmoni talablari asosida boʻsh turgan yer uchastkalarini 5 kun muddat elektron auksion savdolariga chiqarilishi taʼminlansin.
3. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari (O. Toʻxtasinov), Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali (I. Sherov) Kadastr agentligi tuman boʻlimi (N. Axmadjonov)lar belgilansin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimi oʻrinbosari (A. Matkarimov) zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi N. N. MOʻMINOV
Andijon viloyati, Asaka tumani,
2026-yil 11-aprel,
75-1-17-Q/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.