XALQ DEPUTATLARI JALАQUDUQ TUMANI KENGASHINING
Qarori
Jalaquduq tumani bo`yicha “Alkagol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkagol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish uchun yig`imlarning cheklangan stavkalarini belgilash to`g`risida
O`zbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun O`zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to`g`risida”gi O`RQ-1105-sonli Qonuni, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-387-son qarori ijrosini ta`minlash maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi qaror qiladi:
1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar” to`g`risidagi 387-sonli qarori 2-xatboshi “v”-bandida xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga “Alkagol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkagol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish uchun yig`imlarning cheklangan stavkalarini 20 foizgacha oshirish vakolati berilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.
2. 2026-yil uchun tuman hududida “Alkagol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkagol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish uchun yig`imlarning miqdorlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag`allikni qisqartirish masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari-iqtisodiyot va moliya bo`limi boshlig`i (A. Abdujabbarov), tuman iqtisodiyot va moliya bo`limi boshlig`i o`rinbosari (O. Ashurov) hamda tuman soliq inspeksiyasi boshlig`i (A. Sobirov) bilan birgalikda mazkur qaror o`z vaqtida va samarali bajarilishini ta`minlash choralarini ko`rsin.
4. Mazkur qaror O`zbekiston Respublikasining “Normativ-xuquqiy xujjatlar to`g`risida”gi Qonunining 40-moddasiga asosan rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran uch oy o`tgandan keyin kuchga kiradi.
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo`yicha doimiy komissiyasi (E. Qurbonov) hamda tuman hokimining birinchi o`rinbosari (A. Abdujjabarov) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi XAITAXUNOV SHUKUR DJALILOVICH
Andijon viloyati, Jalaquduq tumani,
2026-yil 9-aprel,
VII-16-25-1-21-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.