XALQ DEPUTATLARI URGANCH SHAHAR KENGASHINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarorining ijrosi yuzasidan Urganch shahar obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan koʻrsatiladigan obodonlashtirish va maishiy chiqindi xizmatlari uchun toʻlov tariflari miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarorning 8.a-bandida 2026-yil 1-yanvardan boshlab obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan tumanlar markaziy koʻchalari boʻyidagi tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnoma asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatini koʻrsatishga ruxsat berilgan.
Bunda chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatini koʻrsatganlik boʻyicha tariflar tuman (shahar) hokimliklari tomonidan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritilishi belgilangan. Kun tartibidagi masalani atroflicha muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarori hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Urganch shahrida maishiy chiqindilar, agrotexnik ishlov berishdan hosil boʻladigan chiqindilar (daraxt va buta shox-shabbalari, barglari) hamda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun toʻlov tariflari 1-ilovaga muvofiq;
Urganch shahri Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan mahalla fuqarolar yigʻini buyurtmasi asosida homiylik mablagʻlari hisobidan ichki koʻchalardagi tuproq yoʻllarni shagʻallashtirish va taʼmirlash uchun narxlar 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
3. Ushbu qarorning ijrosini ijrosini taʼminlash shahar hokimining birinchi oʻrinbosari J. Eshchanov hamda shahar hokimining oʻrinbosari (D. Sabirov) zimmasiga yuklatilsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari shahar Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasi (Sh. Xalimov) zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi ROʻZIBOYEV POLVON ATAXON OʻGʻLI
Xorazm viloyati, Urganch sh.,
2026-yil 6-aprel,
VII-21-33-12-180-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.