XALQ DEPUTATLARI ULUGʻNOR TUMANI KENGASHINING
Qarori
Ulugʻnor tumani boʻyicha 2026-yilda “Alkogol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkogol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini oshirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabr kungi “Mahalliy byudjetlar va byudjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, byudjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli Qaroriga, Soliq kodeksining 455-moddasiga shuningdek Ulugʻnor tumani soliq inspeksiyasining 2026-yil 13-fevral kungi 21-00447-sonli xatiga asosan xalq deputatlari Ulugʻnor tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabr kungi “Mahalliy byudjetlar va byudjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli Qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. Ulugʻnor tumani soliq inspeksiyasining 2026-yil 13-fevral kungi 21-00447-sonli xati inobatga olinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabr kungi PQ-387-sonli qarori bilan 2026-yil 1-yanvardan boshlab: Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi uchun hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini 20 foizgacha oshirish vakolati berilganligi hamda mazkur yigʻimlardan tushgan tushumlar toʻliq miqdorda tuman (shahar)lar budjetlariga yoʻnaltirilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. Ulugʻnor tumani boʻyicha 2026-yilda “Alkogol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkogol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalari boʻyicha takliflar 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Ulugʻnor tumani hokimining birinchi oʻrinbosari (Sh. Qoʻziboyev) va tuman soliq inspeksiyasi (B. Maxsudov) bilan birgalikda mazkur qaror oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (D. Alimov) zimmasiga yuklatilsin.
7. Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch oydan soʻng kuchga kiradi.
Kengash raisi RAXIMOV XUSANBOY MARIPOVICH
Andijon viloyati, Ulugʻnor tumani,
2026-yil 20-aprel,
VII-14-36-1-26-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.