05.05.2026 yildagi VII-17-36-1-21-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI JALАQUDUQ TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo`g`indagi suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorigini oshirish chora tadbirlari to`g`risida”gi PQ-5-sonli qarori ijrosi yuzasidan Jalaquduq tuman “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi direktori Ro`zimatov Mamirjonning 2025-yil davomida olib borilgan ishlar va 2026-yil uchun belgilangan vazifalar yuzasidan hisoboti hamda Jalaquduq tumani bo`yicha 2026-yil vegetatsiya davrida sug`orish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash to`g`risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So`nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa suv xo`jaligi sohasidagi o`zgarishlar katta ahamiyat kasb etmoqda. Prezidentimizning 5-yanvardagi PQ-5-sonli qaroriga muvofiq tuman irrigatsiya bo`limlari qoshidagi maxsus xizmatlar tugatilib, “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tashkil etildi hamda suv yetkazib berish xizmati uchun to`lovlar bekor qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur muassasalarning asosiy vazifalari – suvni limit asosida yetkazib berish, hisobini yuritish, tarmoqlarni saqlash va ta`mirlash, suv monitoringini raqamlashtirish hamda iste`molchilar bo`yicha ma`lumotlarni yuritishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jalaquduq tumanida 23,3 ming gektar sug`oriladigan yer mavjud bo`lib, suv turli kanallar orqali yetkaziladi. Tumanda keng sug`orish va drenaj tarmoqlari, gidrotexnik inshootlar, nasos stansiyalari va gidropostlar faoliyat yuritmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanning yillik suvga talabi 302 mln m³ni tashkil etadi. 2025–2026 yil nosug`orish mavsumida 24,2 mln m³ suv yetkazib berilgan. 2026-yil sug`orish mavsumida esa 200,64 mln m³ suv yetkazish rejalashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvni tejash maqsadida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish natijasida jami 7 mln m³ ga yaqin suv iqtisod qilindi. Oktyabr–mart oylarida 810 ta iste`molchiga 12,5 mln m³ suv yetkazib berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil uchun ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturiga ko`ra sug`orish tarmoqlarini tozalash, gidrotexnik inshoot va gidropostlarni ta`mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Nasos agregatlari ta`mirlanib, ichki tarmoqlarda ham keng ko`lamli ishlar olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish asosiy yo`nalish bo`lib, 2025-yilda 108 gektarda tomchilatib va 188 gektarda yomg`irlatib sug`orish yo`lga qo`yilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yilda ham suv resurslaridan samarali foydalanish, suv tanqisligini kamaytirish va zamonaviy sug`orish usullarini keng joriy etish bo`yicha barcha choralar ko`riladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jalaquduq tuman “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi direktori M.Ro`zimatovning hisobotini tinglab, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo`g`inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosini ta`minlash maqsadida, O`zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi qonunining 6-va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo`g`indagi suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorigini oshirish chora tadbirlari to`g`risida”gi PQ-5-sonli qarori ijrosi yuzasidan Jalaquduq tuman “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi direktori Ro`zimatov Mamirjonning 2025-yil davomida olib borilgan ishlar va 2026-yil uchun belgilangan vazifalar yuzasidan hisoboti qoniqarli deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jalaquduq tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktorining 2026-yil 10-apreldagi “Xududlar bo`yicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqilgan yakuniy istemolchilar kesimida ekinlarni sug`orish uchun suv olish limitini tasdiqlash to`g`risida”gi № 07/01-68-son xati asos uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jalaquduq tumaniga iqtisodiyot tarmoqlari bo`yicha 2026-yil aprel-sentyabr oylari uchun ajratilgan cheklangan (limit) suv taqsimtoti 1-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jalaquduq tumaniga suv manbaalari bo`yicha 2026-yil aprel-sentyabr oylari uchun ajratilgan cheklangan suv limit taqsimoti 2-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jalaquduq tuman S.Ye.B.X.D.M massivlar o`ramining 2026-yil vegitatsiya mavsumida cheklangan suv limiti 3-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jalaquduq tuman Oqbo`rasoyning 2026-yil vegitatsiya mavsumida cheklangan suv limiti 4-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jalaquduq tuman Savay kanalining 2026-yil vegitatsiya mavsumida cheklangan suv limiti 5-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jalaquduq tuman Shaxrixonsoyning 2026-yil vegitatsiya mavsumida cheklangan suv limiti 6-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jalaquduq tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasaasi Andijonsoy kanalidan 2026-yil sug`orish mavsumida cheklangan suv limiti 7-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jalaquduq tuman Yuqori Ulug`nor kanaliining 2026-yil vegitatsiya mavsumida cheklangan suv limiti 8-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jalaquduq tuman Buloqlar kanaliining 2026-yil vegitatsiya mavsumida cheklangan suv limiti 9-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jalaquduq tumanining 2026-yil vegitatsiya mavsumi uchun istemolchilar bo`yicha aprel-sentyabr oylari uchun ajratilgan cheklangan suv limiti 10-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jalaquduq tuman “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi direktori M.Ro`zimatovga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo`g`inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan limitlar asosida iste`molchilarga suv yetkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o`ziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug`orish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, ta`mirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste`molchilar kesimida iste`mol qilingan suv hajmi to`g`risidagi ma`lumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv iste`molchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xo`jaligi xizmatlarini ko`rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobotlarni o`z vaqtida berib borish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining “Agrar, suv xo`jaligi va ekologiya masalalari bo`yicha” doimiy komissiyasi (Q.Ko`ziev) hamda tuman hokimining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari B.Musaev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi XAITAXUNOV SHUKUR DJALILOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati, Jalaquduq tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 5-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-17-36-1-21-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.