08.09.2026 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan Serbiya Respublikasi Axborot va telekommunikatsiyalar vazirligi oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Anglashuv memorandumi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida hamkorlik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va Serbiya Respublikasi Axborot va telekommunikatsiyalar vazirligi, keyingi oʻrinlarda “Ishtirokchilar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni oʻrnatish, rivojlantirish va chuqurlashtirish istagidan kelib chiqib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Serbiya Respublikasi oʻrtasidagi tarixiy va doʻstona munosabatlarni inobatga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun oʻzaro manfaatli va yangilangan hamkorlik zarurligini eʼtirof etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rivojlanishdagi taraqqiyotning muhimligini hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida texnik salohiyat va imkoniyatlardan oqilona foydalanish zarurligini tan olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunday hamkorlik umumiy manfaatlarga xizmat qilishi va har ikki mamlakatda tegishli sohalarning rivojlanishiga hissa qoʻshishiga ishonib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamkorlik borasida quyidagi anglashuvga erishdilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
(Maqsad)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Anglashuv Memorandumi tenglik, oʻzaro javobgarlik va oʻzaro manfaatdorlik tamoyillari asosida Ishtirokchilar oʻrtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hamkorlik uchun asos yaratishga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishtirokchilar har ikki mamlakatdagi ilmiy-tadqiqot muassasalari oʻrtasidagi hamkorlikni ragʻbatlantirish va Ishtirokchilarning mamlakatlaridagi kommunikatsiya va axborot sohalarining rivojlanishiga hissa qoʻshish niyatini bildiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
(Hamkorlik doirasi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ishtirokchilar hamkorlikni kengaytirishga koʻmaklashadilar, har ikki mamlakat axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalar, ilmiy va taʼlim muassasalari, davlat idoralari hamda boshqa tashkilotlar oʻrtasida bilim, tajriba va ekspertlar almashinuvini ragʻbatlantiradilar. Ular mutaxassislar tayyorlashni yaxshilashga hissa qoʻshuvchi materiallar almashadilar, oʻz meʼyoriy hujjatlarini tahlil qiladilar va taqqoslaydilar hamda quyidagi tegishli yoʻnalishlarda tadqiqotlar olib boradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) telekommunikatsiyada, shu jumladan, 5G tarmoqlarida innovatsion yechimlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qishloq hududlarida telekommunikatsiyani rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) raqamli koʻnikmalarni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) kiberxavfsizlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) elektron imzolar (e-imzo) va ishonch xizmatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) Ishtirokchilar tarafidan oʻzaro kelishilgan va AKT sohasida yuzaga keladigan ustuvorliklarga asoslangan boshqa hamkorlik yoʻnalishlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishtirokchilar zamonaviy texnologiyalarga asoslangan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yoʻlga qoʻyish va ularni maqbul tarzda integratsiya qilishni ragʻbatlantirish niyatini bildiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalqaro loyihalar boʻyicha hamkorlik jalb etilgan subyektlar tarafidan imzolanadigan alohida yozma amalga oshirish bitimlari asosida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ishtirokchilar oʻzlarining milliy manfaatlaridan kelib chiqib, Xalqaro elektr aloqasi ittifoqi, Butunjahon pochta ittifoqi hamda boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
(Amalga oshirish va hamkorlik shakllari)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Anglashuv Memorandumida belgilangan hamkorlik oldindan kelishilgan turli shakllar orqali, shu jumladan, biroq ular bilan cheklanmagan holda, oʻqitish, tadqiqot, texnik maslahatlashuvlar hamda zarur sohalarda ekspertlar, materiallar va tajriba almashinuvi orqali amalga oshiriladi, xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ikki mamlakat oʻrtasida ilgʻor tajribalar, amaliyotlar va ekspertlar almashinuvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻquv mashgʻulotlari, texnik maslahatlashuvlar tashkil etish va inson resurslarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari va universitetlar oʻrtasidagi almashinuv va hamkorlikni ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) AKT sohasida qoʻshma tadqiqotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) hamkorlikning har bir yilidagi aniq ehtiyojlardan kelib chiqib, Ishtirokchilar tomonidan belgilanadigan boshqa hamkorlik shakllari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir Ishtirokchi mazkur Anglashuv Memorandumi doirasidagi faoliyat bilan bogʻliq oʻz xarajatlarini mustaqil ravishda qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har bir Ishtirokchi mazkur Anglashuv Memorandumi shartlariga muvofiq faoliyatni muvofiqlashtirish va tegishli tartib-taomillarni osonlashtirish uchun bir yoki bir nechta vakil tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Anglashuv Memorandumi hech bir Ishtirokchi uchun huquqiy jihatdan majburiy emas va milliy yoki xalqaro huquqqa muvofiq huquqiy majburiyatlar yuzaga keltirishni koʻzda tutmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
(Moliyalashtirish va resurslar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har qaysi Ishtirokchi tarafidan mazkur Anglashuv Memorandumi va unga muvofiq tuzilgan har qanday yozma bitimlar doirasida amalga oshiriladigan barcha faoliyat, shu jumladan, qoʻshimcha ijro bitimlarini tuzish, Ishtirokchilarning tegishli qonun va meʼyoriy hujjatlariga hamda tegishli moliyalashtirish mavjudligi va byudjet imkoniyatlariga bogʻliq boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hamkorlik yoʻnalishlaridagi barcha faoliyat Ishtirokchilarda moliyalashtirish va boshqa resurslar mavjudligiga qarab amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoʻshimcha moliyalashtirish zarurati yuzaga kelgan taqdirda, Ishtirokchilar xalqaro tashkilotlar yoki davlat-xususiy sheriklik kabi tashqi manbalarni jalb qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
(Maxfiylik)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Anglashuv Memorandumi doirasidagi hamkorlik natijasida yuzaga keladigan har qanday maxfiy axborot Ishtirokchilarning mamlakatlarida amaldagi huquqiy va meʼyoriy talablarga muvofiq almashiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hech bir Ishtirokchi boshqa Ishtirokchining oldindan yozma roziligisiz mazkur Anglashuv Memorandumi doirasidagi faoliyatni amalga oshirish jarayonida uzatilgan maxfiy axborotni, uni tugatgandan keyin, axborot xavfsizligi qoidalari va maʼlumotlar aylanishi usullariga rioya etishga alohida eʼtibor qaratgan holda, oshkor qilmaydi yoki tarqatmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
(Intellektual mulk huquqlari)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Anglashuv Memorandumini amalga oshirish jarayonida yoki natijasida yaratilgan har qanday intellektual mulk huquqlarini taqsimlashga oid masalalar mazkur Anglashuv Memorandumi doirasidagi har bir aniq hamkorlik yoʻnalishi uchun tuziladigan alohida shartnomalar bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir Ishtirokchi qoʻshma faoliyat boshlanishidan oldin yoki mazkur Anglashuv Memorandumidan mustaqil ravishda oʻzi yaratgan har qanday intellektual mulk huquqlariga egalik huquqini saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
(Oʻzgartirishlar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Anglashuv Memorandumiga Ishtirokchilarning oʻzaro roziligi bilan, qoʻshimcha bayonnomalarda rasmiy ravishda kelishilgan oʻzgartirishlar orqali oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bunday oʻzgartirishlar mazkur Anglashuv Memorandumining ajralmas qismiga aylanadi va Ishtirokchilar tarafidan kelishilgan shartlarga muvofiq amal qila boshlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
(Amal qila boshlashi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Anglashuv Memorandumi imzolangan sanadan boshlab amal qila boshlaydi va uch (3) yil davomida amalda boʻladi, soʻngra, basharti Ishtirokchilardan biri joriy muddat tugashiga kamida olti (6) oy qolganda boshqa Ishtirokchini mazkur Anglashuv Memorandumidagi ishtirokini toʻxtatish niyati toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilmasa, u oʻz-oʻzidan navbatdagi teng muddatlarga uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
(Nizolarni hal etish)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Anglashuv Memorandumi qoidalarini amalga oshirish yoki talqin qilishdan kelib chiqadigan har qanday nizolar milliy yoki xalqaro sudga yoxud uchinchi tomonga murojaat qilmasdan, Ishtirokchilar oʻrtasida diplomatik kanallar orqali maslahatlashuvlar va muzokaralar yoʻli bilan doʻstona tarzda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgrad shahrida, 2026-yil 8-sentabr kuni, ikki asl nusxada, oʻzbek, serb va ingliz tillarida imzolandi, bunda barcha matnlar autentikdir. Talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matndan foydalaniladi.

(imzolar)