09.09.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3936
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi xavfi mavjud boʻlganda aholini profilaktik emlashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3936]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-161-son “Islohotlarni huquqiy jihatdan taʼminlash samaradorligini oshirish hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda vazirlik va idoralarning masʼuliyati va tashabbuskorligini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-son “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi xavfi mavjud boʻlganda aholini profilaktik emlashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir E. ADILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 7-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-son

Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 16-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. ZAXIDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 8-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi K. RAFIKOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 7-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil A. BURIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 5-may

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 5-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 7-avgustdagi 17-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi xavfi mavjud boʻlganda aholini profilaktik emlashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar (bundan buyon matnda yuqumli kasalliklar deb yuritiladi) tarqalishi xavfi mavjud boʻlgan taqdirda aholini profilaktik emlashdan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktik emlash — yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida vaksinalarni qoʻllash orqali inson organizmida immunitet hosil qilishga qaratilgan tibbiy tadbir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktik emlash oʻtkaziladigan shaxslar guruhi — epidemik koʻrsatkichlardan kelib chiqib, profilaktik emlash oʻtkazilishi belgilangan hududda yashovchi yoki faoliyat yurituvchi yoxud kasallikni yuqtirish xavfi yuqori boʻlgan shaxslar guruhi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Profilaktik emlashni joriy etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 28-moddasiga muvofiq yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi mavjud boʻlgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining (bundan buyon matnda Bosh davlat sanitariya vrachi deb yuritiladi) profilaktik emlashni joriy etish toʻgʻrisidagi qarori asosida aholini profilaktik emlashdan oʻtkazish joriy etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Profilaktik emlashni joriy etish toʻgʻrisidagi qaror asosida aholini profilaktik emlashdan oʻtkazish joriy etilishiga quyidagi holatlar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqumli kasalliklarning hududda aniqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqumli kasalliklar bilan kasallanish koʻrsatkichlarining epidemiologik jihatdan xavfli darajada oshishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqumli kasalliklarning keng tarqalish xavfining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining ayrim guruhlarida yuqumli kasalliklarni yuqtirish xavfining yuqoriligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Profilaktik emlashni joriy etish toʻgʻrisidagi qarorda quyidagilar belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqumli kasallikning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktik emlashni joriy etish asosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktik emlashni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktik emlash oʻtkaziladigan hudud;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktik emlash oʻtkaziladigan shaxslar guruhi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻllaniladigan vaksina turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktik emlashni boshlash muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda profilaktik emlashni yakunlash muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktik emlashni tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi davlat sogʻliqni saqlash tizimi muassasalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktik emlashni nazorat qilish uchun masʼul Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlari (bundan buyon matnda hududiy sanitariya-epidemiologiya organlari deb yuritiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda qoʻshimcha sanitariya-profilaktika tadbirlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Profilaktik emlashni joriy etish toʻgʻrisidagi qaror agar qarorda boshqacha muddat belgilanmagan boʻlsa, Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan imzolangan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Profilaktik emlashni joriy etish toʻgʻrisidagi qaror Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan imzolangan kunning oʻzida tegishli davlat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tibbiyot, taʼlim, madaniyat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar hamda profilaktik emlashdan oʻtkaziladigan shaxslar eʼtiboriga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda profilaktik emlashdan oʻtkaziladigan shaxslar mazkur qaror haqida yozma yoki elektron tarzda yoxud ommaviy axborot vositalari, radio, televideniya va internet tarmogʻidagi rasmiy axborot resurslari orqali xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yuqumli kasalliklarning yangi holatlari kuzatilishi toʻxtaganligi aniqlangan kundan boshlab uch ish kuni ichida, hududiy sanitariya-epidemiologiya organlari tomonidan Bosh davlat sanitariya vrachiga profilaktik emlashni joriy etish toʻgʻrisidagi qarorning amal qilishini tugatish haqida taklif kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh davlat sanitariya vrachi mazkur taklifni oʻn besh ish kuni ichida koʻrib chiqadi hamda profilaktik emlashni davom ettirish zarurati mavjud emasligi toʻgʻrisida xulosa qilingan taqdirda, profilaktik emlashni joriy etish toʻgʻrisidagi qarorning amal qilishini tugatish haqida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Profilaktik emlashni joriy etish toʻgʻrisidagi qarorning amal qilishini tugatish haqida qaror Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan imzolangan kunning oʻzida tegishli davlat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tibbiyot, taʼlim, madaniyat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar eʼtiboriga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda aholi mazkur qaror toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari, radio, televideniye va internet tarmogʻidagi rasmiy axborot resurslari orqali xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Profilaktik emlash oʻtkaziladigan shaxslar guruhini aniqlash va profilaktik emlashni rejalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Profilaktik emlash tadbirlari birinchi navbatda yuqumli kasalliklarni oʻziga yuqtirish yoki ularni boshqalarga yuqtirish xavfi yuqori boʻlgan shaxslar guruhi, shuningdek yuqumli kasalliklar oʻchogʻida bemor bilan muloqotda boʻlganlar hamda epidemiologik koʻrsatma boʻyicha profilaktik emlanishi lozim boʻlgan shaxslardan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Profilaktik emlash oʻtkaziladigan shaxslar guruhi epidemik koʻrsatkichlar, yuqumli kasalliklarning tarqalish xususiyatlari va yuqtirish xavfi hamda vaksina qoʻllash boʻyicha tibbiy yoʻriqnomadan kelib chiqib, Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan qabul qilinadigan profilaktik emlashni joriy etish toʻgʻrisidagi qarorda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni ichida davlat sogʻliqni saqlash tizimi muassasalari tomonidan profilaktik emlash tadbirlarini oʻtkazish rejasi ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Profilaktik emlash tadbirlarini oʻtkazish rejasida quyidagilar nazarda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktik emlanishi lozim boʻlgan shaxslar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktik emlashni oʻtkazish muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktik emlash oʻtkaziladigan joylar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktik emlashni amalga oshiruvchi tibbiyot xodimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur vaksinalar miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktik emlashdan oldingi tibbiy koʻrikni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktik emlashdan keyingi tibbiy kuzatuvni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Profilaktik emlashni tashkil etish va oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Profilaktik emlash davlat sogʻliqni saqlash tizimi muassasalari tomonidan profilaktik emlash tadbirlarini oʻtkazish rejasiga muvofiq tashkil etiladi va amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Profilaktik emlash tegishli malaka va koʻnikmaga ega tibbiyot xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan va tibbiyotda qoʻllanilishiga ruxsat etilgan vaksinalardan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Profilaktik emlash oʻtkaziladigan shaxslar guruhini davlat sogʻliqni saqlash tizimi muassasalariga jalb etish mazkur muassasalar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Profilaktik emlashdan oldin shaxs tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy koʻrik natijasiga koʻra shaxsning profilaktik emlashga monelik qiluvchi tibbiy holatlar mavjud yoki mavjud emasligi aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Profilaktik emlashni oʻtkazishga monelik qiluvchi tibbiy holatlarga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaksina tarkibidagi komponentlarga yuqori sezuvchanlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari tegishli vaksinalar qoʻllanilganda ogʻir allergik reaksiya kuzatilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaksinani qoʻllash boʻyicha tibbiy yoʻriqnomada belgilangan va boshqa qarshi koʻrsatmalarning mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tibbiy koʻrik natijasiga koʻra profilaktik emlashni oʻtkazishga monelik qiluvchi holatlar vaksinaning muayyan turiga taalluqli boʻlgan taqdirda, profilaktik emlash Oʻzbekiston Respublikasi hududida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan va tibbiyotda qoʻllanilishiga ruxsat etilgan boshqa vaksina bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Profilaktik emlashga monelik qiluvchi holat barcha vaksinalarni qoʻllashga taalluqli boʻlgan taqdirda, emlash oʻtkazilmaydi va shaxs yuqumli kasallikni yuqtirish yoki boshqalarga yuqtirish xavfini kamaytirishga qaratilgan profilaktik va epidemiologik tadbirlarga jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vaksinani qoʻllashda uning ishlab chiqaruvchisi tomonidan belgilangan qoʻllash usuli, dozasi, yoshga oid cheklovlar, profilaktik emlashlar oʻrtasidagi intervallar va boshqa tibbiy talablar inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Profilaktik emlashdan oldin shaxsga tibbiyot xodimi tomonidan profilaktik emlashning maqsadi, qoʻllaniladigan vaksina, uning ehtimoliy taʼsiri, profilaktik emlashdan keyingi kuzatuv hamda profilaktik emlashni rad etishning qonunchilikda belgilangan huquqiy oqibatlari toʻgʻrisida maʼlumot beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Profilaktik emlashni amalga oshirgan tibbiyot xodimi emlashdan oʻtkazilgan har bir shaxs toʻgʻrisidagi profilaktik emlashga oid maʼlumotlarni (emlangan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, emlash sanasi, vaksinaning nomi va seriyasi va boshqalar) profilaktik emlash oʻtkazilganidan keyin shu vaqtning oʻzida Yagona tibbiyot axborot tizimiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Profilaktik emlashdan oʻtkazilgan shaxs emlashdan keyingi holatini kuzatish hamda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nojoʻya holatlarni oʻz vaqtida aniqlash maqsadida dastlabki 30 daqiqa davomida tibbiyot xodimi kuzatuvida boʻladi, keyingi 3 kun davomida shifokor va patronaj hamshira tomonidan kuzatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Profilaktik emlashdan keyingi noxush holatlar aniqlanganda shaxsga davlat sogʻliqni saqlash tizimi muassasalari tomonidan zarur tibbiy yordam koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Profilaktik emlashni amalga oshirish uchun davlat sogʻliqni saqlash tizimi muassasalari tomonidan quyidagi xavfsizlik choralari koʻrilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sogʻliqni saqlash tizimi muassasalarining tibbiyot xodimlarini shaxsiy himoya vositalari (tibbiy xalat, tibbiy niqob, tibbiy qoʻlqop) bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktik emlash xonasi shamollatiladigan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktik emlash xonasi boshqa davolash xizmatlari xonalaridan alohida boʻlishi (alohida kirish joyi bilan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktik emlash xonasi oldida odamlarning toʻplanishini chegaralash va zarurat boʻlgan taqdirda qoʻshimcha profilaktik emlash xonalarini tashkil qilish hamda aholini xavfsiz profilaktik emlashni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktik emlashdan oʻtkaziladigan shaxslar oʻrtasida kutish vaqtida kamida 1 metr masofa saqlanishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Davlat sogʻliqni saqlash tizimi muassasalari profilaktik emlashni oʻtkazish jarayonida emlangan shaxslarda emlashdan keyin yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nojoʻya holatlar uchun intensiv terapiya va reanimatsiya yordami koʻrsatilishini taʼminlashi, shuningdek shoshilinch yordam koʻrsatish uchun zarur dori vositalari zaxirasini yaratishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2026 y., 10/26/3936/0915-son)