09.02.2017 yildagi 0346-17-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Sanitariya qoidalari va meʼyorlari, gigiyena normativlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkchilikning nodavlat shakllariga mansub korxonalar, ishlab chiqarishlar va yakka tartibdagi mehnat faoliyati uchun sanitariya qoidalari va meʼyorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR VA QOʻLLANILISH SOHASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. Sanitariya qoidalari va normalari (keyingi oʻrinlarda — sanitariya qoidalari) xodimlarning sogʻligʻini saqlash hamda mehnatni va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha profilaktika chora-tadbirlarini koʻrish maqsadida optimal mehnat sharoitlarini yaratish va mehnat jarayonini tashkil etish uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. Mazkur sanitariya qoidalari kichik, shoʻba, qoʻshma korxonalar, masʼuliyati cheklangan jamiyatlar, aksiyadorlik jamiyatlari, xususiy korxonalar, xususiy tadbirkorlar va yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslar uchun gigiyenik talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. Sanitariya qoidalari va normalari respublika normativ hujjati hisoblanadi hamda mehnat sharoitlarining xavfsizligini, xodimlarning sogʻligʻini muhofaza qilishni, atrof-muhitga va aholi salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatishga yoʻl qoʻymaslikni, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va koʻrsatilayotgan xizmatlarning xavfsizligini taʼminlash uchun barcha korxonalar, nodavlat mulkchilik shaklidagi tashkilotlar, mansabdor shaxslar va yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchilar tomonidan qoʻllanilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.4. Sanitariya qoidalari mashinalarni, maishiy, radioelektron, kompyuter va boshqa texnika mexanizmlarini ishlab chiqarish, taʼmirlash, sozlash va ularga xizmat koʻrsatishga, ip-kalava, toʻqima materiallar, trikotaj buyumlar tayyorlashga, kiyim-kechak, bosh kiyimlar tikishga, poyabzal tikish va taʼmirlashga, shuningdek, boshqa turdagi ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalariga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.5. Mazkur sanitariya normalarining bajarilishi uchun javobgarlik korxonalar, ishlab chiqarish obyektlari, jamiyatlar, firmalar rahbarlari, xususiy tadbirkorlar va yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslar zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.6. Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini buzish Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq intizomiy, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.7. Mazkur qoidalar va normalarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati Oʻzbekiston Respublikasi davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. ASOSIY ATAMALAR VA TAʼRIFLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Ishlab chiqarish xonalari — odamlarning mehnat faoliyati doimiy (smenalar boʻyicha) yoki davriy (ish kuni davomida) amalga oshiriladigan, maxsus moʻljallangan bino va inshootlardagi yopiq makonlardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Ish oʻrni — xodimlarning mehnat faoliyati jarayonida doimiy yoki vaqtincha turadigan joyi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.3. Doimiy ish oʻrni — xodim oʻz ish vaqtining koʻp qismini (50 foizdan ortiq yoki 2 soatdan koʻproq uzluksiz) oʻtkazadigan joy. Bordiyu ish ish zonasining turli nuqtalarida bajarilsa, butun ish zonasi doimiy ish oʻrni deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.4. Doimiy boʻlmagan ish oʻrni — xodim oʻz ish vaqtining kamroq qismini (50 foizdan kam yoki 2 soatdan kam uzluksiz) oʻtkazadigan joy.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.5. Ish zonasi — doimiy yoki doimiy boʻlmagan (vaqtinchalik) turish joylari joylashgan pol yoki maydoncha sathidan 2 m balandlik bilan cheklangan fazodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.6. Optimal mehnat sharoitlari va uning xususiyati — ishlovchilar salomatligiga xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining noqulay taʼsiri istisno qilinadigan, ish qobiliyatining yuqori darajasini saqlab qolish uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladigan mehnat sharoitlari va uning xususiyatidir (ishlab chiqarish omillari mavjud boʻlmaganda yoki ularning darajasi aholi uchun xavfsiz deb qabul qilingan darajalarga muvofiq boʻlganda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.7. Yoʻl qoʻyiladigan mehnat sharoitlari va uning xususiyati — ish joylarida xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining darajasi belgilangan gigiyenik meʼyorlardan oshmaydigan sharoitlardir. Mehnat jarayoni tufayli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan funksional oʻzgarishlar ish kuni davomidagi belgilangan dam olish yoki uyda dam olish vaqtida keyingi smena boshlanguniga qadar tiklanadi hamda yaqin va uzoq muddatlarda ishlovchilar salomatligiga va ularning nasliga noqulay taʼsir koʻrsatmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.8. Ishlab chiqarish omilining yoʻl qoʻyiladigan cheklangan darajasi — butun mehnat staji davomida belgilangan muddatda ishlaganda taʼsiri ish jarayonida yoki hozirgi va keyingi avlodlar hayotining uzoq davrlarida shikastlanishga, kasallikka yoki sogʻliq holatidagi oʻzgarishlarga olib kelmaydigan ishlab chiqarish omili darajasidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.9. Ish hududi havosidagi zararli moddalarning ruxsat etilgan eng yuqori konsentratsiyasi (REYK) — bu har kuni (dam olish kunlaridan tashqari) 8 soatdan yoki boshqa muddat davomida, biroq haftasiga 41 soatdan oshmaydigan ishlarda, butun mehnat faoliyati davomida ish jarayonida yoxud hozirgi va kelgusi avlodlar hayotining keyingi davrlarida zamonaviy tadqiqot usullari bilan aniqlanadigan kasalliklar yoki sogʻliq holatidagi oʻzgarishlarni keltirib chiqarmasligi lozim boʻlgan konsentratsiyadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.10. Zararli modda — bu xavfsizlik talablari buzilgan holda inson organizmi bilan aloqada boʻlganda, ish jarayonida ham, hozirgi va kelgusi avlodlar hayotining keyingi davrlarida ham zamonaviy usullar bilan aniqlanadigan ishlab chiqarishdagi jarohatlar, kasb kasalliklari yoki sogʻliq holatidagi oʻzgarishlarga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan moddadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.11. Xavfli ishlab chiqarish omili — bu muayyan sharoitlarda xodimga taʼsir etib, uning jarohatlanishiga yoki sogʻligʻining birdan keskin yomonlashuviga olib keladigan ishlab chiqarish omilidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.12. Zararli ishlab chiqarish omili — bu muayyan sharoitlarda xodimga taʼsir etib, uning kasallanishiga yoki ish qobiliyatining pasayishiga olib keladigan ishlab chiqarish omilidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Zararli ishlab chiqarish omili oʻzining taʼsir darajasi va davomiyligiga qarab xavfli omilga aylanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.13. Shaxsiy himoya vositasi — bir nafar xodimni himoya qilishga moʻljallangan vositadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.14. Jamoaviy himoya vositasi — bir vaqtning oʻzida ikki va undan ortiq xodimni himoya qilishga moʻljallangan vositadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. KORXONALARNI JOYLASHTIRISH, ISHLAB CHIQARISHLARNI TASHKIL ETISH VA HUDUDLARNI SAQLASHGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Sanoat maydonchasi va korxonaning bosh rejasi “Sanoat korxonalarini loyihalashning sanitariya meʼyorlari”, boshqa amaldagi meʼyoriy hujjatlar, shuningdek, mazkur meʼyoriy qoidalar talablariga mos boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. Sanitariya-himoya zonasining oʻlchami texnologik chiqindilar tarkibidagi zararli moddalarning miqdori va xavflilik darajasiga hamda ishlab chiqarishning shovqin xususiyatlariga qarab tanlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanitariya-himoya zonasi meʼyoriy talablarga javob berishi kerak. Sanitariya-himoya zonasini qisqartirishga ishlarning aniq turi va hajmini hamda hosil boʻladigan zararlilik darajasini hisobga olgan holda Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining xulosasiga koʻra yoʻl qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3. Shovqin va tebranish manbalariga ega boʻlgan korxonalar va ishlab chiqarishlar, qoida tariqasida, alohida turgan binolarda joylashtirilishi lozim. Ular ijaraga olingan binolarda joylashtirilganda, ishlab chiqarish xonalari hech qanday holatda turar joy xonalari bilan tutash boʻlmasligi kerak. Ishlab chiqarish xonalariga tutash xonalardagi shovqin va tebranish darajalari yoʻl qoʻyilgan meʼyorlardan oshmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.4. Hudud obodonlashtirilishi va koʻkalamzorlashtirilishi, toza va tartibli saqlanishi kerak. Yoʻlaklar va oʻtish joylariga toʻsiq qoʻyish yoki ulardan tayyor mahsulotlar, ishlab chiqarish chiqindilari, qurilish materiallari va shu kabilarni saqlash uchun foydalanish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.5 Korxonalar va ishlab chiqarishlarni turar joy binolarida joylashtirishga faqat Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati organlari bilan kelishilgan holda, meʼyoriy-texnik hujjatlar talablariga muvofiq yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. ISHLAB CHIQARISH BINOLARI, XONALARI VA INSHOOTLARINI SAQLASHGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Ishlab chiqarish binolari, xonalari va inshootlari “Sanoat korxonalarini loyihalashning sanitariya meʼyorlari” talablariga javob berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Bir bino yoki xonaga turli ishlab chiqarish zararliliklariga ega boʻlgan sexlar va uchastkalarni joylashtirishda, bu zararliliklarning bir xonadan ikkinchisiga tarqalishining oldini olish chora-tadbirlarini koʻzda tutish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3. Xomashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor buyumlar zaxiralarini saqlash uchun amaldagi meʼyorlarga muvofiq ventilyatsiya va yoritish bilan jihozlangan omborxonalarni nazarda tutish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.4. Chang ajralishi bilan tavsiflanadigan sexlar va uchastkalardagi devorlar va shiftlar vakuumli va nam tozalash imkonini beradigan silliq qoplamalarga (perxlorvinil qoplama, moyli boʻyoq, qoplama plitkalar va ushbu xonalarda foydalanishga ruxsat etilgan boshqa materiallar) ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.5. Ishlab chiqarish xonalari pollarining qoplamasi mexanik taʼsirlarga chidamli, zarur hollarda suv oʻtkazmaydigan, mexanik va nam tozalashga oson boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.6. Ishlab chiqarish xonalarida zinapoya maydonchalari, oʻtish yoʻlaklari, deraza oyiqlari, isitish moslamalari va ish oʻrinlari toʻsib qoʻyilmasligi kerak. Xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar, idishlar, tayyor buyumlar va shu kabilar oʻzlari uchun belgilangan joylarda saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.7. Xomashyo va tayyor mahsulotlarni saqlashga moʻljallangan ishlab chiqarish xonalari vaqti-vaqti bilan dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya qilinishi kerak, bu tadbirlar ishlab chiqarilayotgan mahsulotning xususiyatiga qarab tegishli meʼyorlar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.8. Barcha ishlab chiqarish va maishiy xonalar, shuningdek, ish oʻrinlari va uskunalar toza va tartibli saqlanishi hamda oʻz vaqtida taʼmirlanishi shart. Ularni tozalash tartibi ishlab chiqarish sharoitlari va oʻziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda belgilanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. TEXNOLOGIK JARAYONLAR, USKUNALAR VA ISHLAB CHIQARILADIGAN MAHSULOTLARGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.1. Texnologik jarayonlar va uskunalar “Texnologik jarayonlarni tashkil etishning sanitariya qoidalari va ishlab chiqarish uskunalariga qoʻyiladigan gigiyenik talablar”ga mos kelishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.2. Yangi texnologik jarayonlar, foydalaniladigan materiallar va moddalarni gigiyenik baholash va kelishish ishlari ular belgilangan tartibda ishlab chiqarishga joriy etilishidan oldin amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.4. Texnologik jarayonlarni tashkil etishda avtomatlashtirilgan, uzluksiz va germetik jarayonlar hamda uskunalarga afzallik berish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.5. Ishlab chiqarishda zararli moddalar hosil boʻlishi bilan kechadigan texnologik jarayonlarni maksimal darajada izolyatsiyalashni koʻzda tutish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.6. Shovqin va tebranish darajasi yuqori boʻlgan texnologik va yordamchi uskunalar alohida poydevorlarga oʻrnatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.7. Ishlab chiqarish binolarida kuchli taʼsir etuvchi va zaharli moddalarni bir ish smenasidagi ehtiyojdan ortiq miqdorda saqlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.8. Texnologik jarayonlar, uskunalar, qoʻllaniladigan xomashyo, materiallar va boshqa omillar isteʼmolchilar salomatligi uchun sifatli va xavfsiz mahsulotlar ishlab chiqarilishini taʼminlashi shart. Amaldagi meʼyoriy hujjatlarga muvofiq davlat gigiyenik reglamentatsiyasidan va roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. ISITISH VA VENTILYATSIYAGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.1. Ishlab chiqarish va yordamchi binolardagi isitish hamda ventilyatsiya tizimlari amaldagi “Isitish, ventilyatsiya va havoni konditsiyalash” QMQ hamda “Ishlab chiqarish binolari mikroiqlimining sanitariya meʼyorlari” SanQvaM talablariga muvofiq koʻzda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.2. Ishlab chiqarish binolari va xonalarini isitish tizimi havo bilan taʼminlovchi ventilyatsiyaga ulangan kombinatsiyalashgan, shuningdek issiqlik uzatishni tartibga soluvchi suvli isitish tizimi sifatida koʻzda tutilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.3. Barcha ishlab chiqarish binolaridagi ventilyatsiya maqbul yoki ruxsat etilgan mehnat sharoitlarini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.4. Ishlab chiqarish jarayonlari ish hududi havosiga bir vaqtning oʻzida turli zararli kimyoviy moddalar, bugʻlar va changlarni chiqargan holda kechadigan uchastkalarda mahalliy soʻruvchi ventilyatsiyaning alohida tizimlarini nazarda tutish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.5. Mahalliy soʻruvchi ventilyatsiyaning ishlashi texnologik uskunalarning ishga tushirish mexanizmlari bilan bloklangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.6. Oqimni beruvchi va soʻruvchi ventilyatsiya tizimlarining uskunalari izolyatsiyalangan xonalarda, texnik qavatlarda, yertoʻlalarda yoki bino tashqarisida joylashtirilishi lozim. Ventilyatsiya uskunalari ruxsat etilgan meʼyordan ortiq shovqin va tebranish hosil qilmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. YORITISHGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.1. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalardagi tabiiy hamda sunʼiy yoritish amaldagi meʼyoriy hujjatlar talablariga mos boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. SANITARIYA-MAISHIY VA YORDAMCHI XONALARGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.1. Xodimlarning sanitariya-maishiy taʼminoti texnologik jarayonlarning sanitariya-gigiyenik xususiyatlarini hisobga olgan holda amaldagi “Maʼmuriy va maishiy binolar” QMQ hamda mazkur sanitariya qoidalari talablariga javob berishi kerak. Maishiy xonalardan belgilangan maqsaddan boshqa tarzda foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.2. Kiyim almashtirish xonalaridagi kiyim saqlash joylarining soni roʻyxatdagi xodimlar soniga mos kelishi kerak. Kiyimlarni kiyim almashtirish xonasida saqlash usuli yopiq boʻlishi, koʻcha va ish kiyimlari alohida saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.3. Oyoq terisining zamburugʻli kasalliklari profilaktikasi uchun dushxonalarda rezina gilamchalar, plastmassa panjaralar va yoʻlakchalar, shuningdek, individual hammom poyabzalidan foydalanish lozim. Dushxona va kiyinish xonalarini yigʻishtirish har kuni amalga oshirilib, pol va yoʻlakchalarga dezinfeksiyalovchi eritma bilan ishlov berilishi, gilamchalar esa dezinfeksiyalovchi eritmalar solingan idishlarda ivitib qoʻyilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.4. Chang va gaz ajralib chiqadigan ishlar bajariladigan ishlab chiqarish binolarida ovqatlanish, ishlab chiqarish gimnastikasi bilan shugʻullanish va chekishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.5. Ishlab chiqarish sexlari va uchastkalari tarkibida dam olish, ovqatlanish hamda ichimlik suvi rejimini tashkil etish uchun xonalar koʻzda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. XODIMLARNI SHAXSIY HIMOYA VOSITALARI BILAN TAʼMINLASHGA OID TALABLAR VA PROFILAKTIKA CHORALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9.1. Xodimlarni shaxsiy himoya vositalari (SHHV) bilan taʼminlash maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, saqlovchi, yuvuvchi, himoyalovchi-tozalovchi vositalarni bepul berishning namunaviy tarmoq meʼyorlariga muvofiq amalga oshiriladi hamda bajariladigan ishlarning xususiyati va muayyan mehnat sharoitlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9.2. Ishga kirayotgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartib va muddatlarga muvofiq dastlabki hamda davriy tibbiy koʻriklardan oʻtishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9.3. Maxsus kiyim-kechaklarni yuvish va taʼmirlash oyiga kamida bir marta amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. ISHLAB CHIQARISH MUHITINING ZARARLI OMILLARI USTIDAN NAZORAT QILISHGA DOIR TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.1. Korxonalarda, shuningdek yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslar tomonidan ishlab chiqarishni ishga tushirishdan oldin havo muhitining holati, shovqin va tebranish darajalari, yoritilganlik, mikroiqlim parametrlari hamda boshqa ishlab chiqarish omillari ustidan dastlabki va davriy nazorat amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.2. Ishlab chiqarish muhitining noqulay omillarini nazorat qilish davriyligi GOST 12.1.005-88 ga muvofiq mehnat sharoitlarining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.3. Oʻlchovlar ish joylarida oʻtkazilishi kerak. Agar ish joyi ishlab chiqarish binosining bir nechta uchastkasidan iborat boʻlsa, oʻlchovlar ularning har birida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.4. Sanitariya nazorati va ishlab chiqarish omillari parametrlarini baholash normativ hujjatlar talablariga muvofiq korxona laboratoriyalari yoki “Oʻzstandart” agentligi tomonidan attestatsiyadan oʻtkazilgan boshqa ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar tomonidan oʻtkazilishi kerak. Sanitariya nazoratini tashkil etish masʼuliyati korxona maʼmuriyati, xususiy tadbirkorlar va yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslar zimmasiga yuklatiladi.