29.07.2002 yildagi 0130-02-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining meʼyorlari, 29.07.2002 yildagi 0130-02-son
Кучга кириш санаси
29.07.2002
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meʼyorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda markazlashtirilgan issiq suv taʼminoti tizimlarini monitoring qilishning sanitariya qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. Oʻzbekiston Respublikasining ushbu SanQvaM talablari alohida issiq suv taʼminoti tarmoqlariga ega ochiq va yopiq issiqlik taʼminoti tizimlarida markazlashtirilgan issiq suv taʼminoti uchun qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. Oʻzbekiston Respublikasining ushbu SanQvaM talablari yongʻin, elektr va geliotermik isitishga (uy va kvartira ichida) ega mahalliy issiq suv taʼminotining lokal tizimlariga, shuningdek geotermal suvdan foydalanadigan tizimlarga qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. Markazlashtirilgan issiq suv taʼminoti tizimlarida sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xodimlari uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.4. Suv olish punktlarida (isteʼmolchilarda) issiq suvning sifati qoʻllaniladigan tizim turi va suvga ishlov berish usullaridan qatʼiy nazar, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat standarti OʻzDSt 950:2011 “Ichimlik suvi” talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buni amalga oshirishda quyidagilar taʼminlanishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvning epidemik xavfsizligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvning ijobiy organoleptik xossalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvning inson organizmiga zararli taʼsirini oldini olish (terida qichishish xususiyatli taʼsirdan tashqari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.5. Suvga ishlov berish jarayonida ishlatiladigan reagentlar, shuningdek, konstruktiv materiallar gigiyenik baholashdan oʻtishi va ularni qoʻllashga ruxsat olinishi, suv omborlari suvida REKda (ruxsat etilgan konsentratsiya) belgilanganidek, aniqlash uchun mavjud usullarga, ishlab chiqarish va foydalanish uchun texnik shartlarga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.6. Issiq suv taʼminoti tizimlarida simob bilan toʻldirilgan asboblardan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.7. Suv olish joylarida issiq suvning harorati 60 — 75° oraligʻida boʻlishi kerak, chunki haroratning pasayishi issiq suvda mikroorganizmlarning koʻpayishi, issiq suv sarfining oshishi, kiyimlarni va qiyin eriydigan yogʻlar bilan ifloslangan idish-tovoqlarni yuvishda qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.8. Suvga ishlov berish va aholiga yetkazishdagi barcha bosqichlarda suvning sifati ustidan laboratoriya-ishlab chiqarish nazorati idoraviy laboratoriyalar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.9. Issiq suv taʼminoti tizimlarining davlat sanitariya nazorati suvning tarmoqqa kiradigan joylarida (isteʼmolchilarda) tanlab amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. MARKAZLASHGAN ISSIQ SUV TAʼMINOTI TIZIMIDAN FOYDALANISH VA QURILMAGA TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Issiq suv taʼminoti tizimlarida foydalaniladigan dastlabki suvning sifati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat standarti OʻzDSt 950:2011 “Ichimlik suvi” talablariga javob berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Issiq suv taʼminoti tizimlaridan suvni suv havzalariga oqizishga faqat “Yer usti suvlarini ifloslanishdan himoya qilishning sanitariya qoidalari” (SanQvaM OʻzR N 0056-96) talablariga rioya qilingandagina ruxsat etiladi; shu bilan birga, oqizilgan suv tarkibidagi kimyoviy zararli moddalarning suv havzalari suvida konsentratsiyasi ularning suv havzalari suvidagi REK (ruxsat etilgan konsentratsiya) miqdoridan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiq suvni kanalizatsiya tarmoqlaridan qaytarish kommunal xoʻjaligi tashkilotlari bilan kelishilgan holda boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.3. Turar-joy hududlarida ochiq tizimlarda ogʻir korroziya sharoitida foydalaniladigan bak-akkumulyatorlarni oʻrnatish (ularning konstruksiyasi talablariga rioya qilish, ichki yuzalardan choʻkindilarni chiqarib tashlash)ga yoʻl qoʻyilmaydi. Ular issiqlik manbai hududidan tashqarida joylashganida, toʻsiq qoʻyilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.4. Issiq suv taʼminoti tizimlarini loyihalash va qurishda, sanitariya nuqtai nazaridan, yopiq issiqlik taʼminoti tizimlariga yoki alohida issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulangan markazlashtirilgan issiq suv taʼminotiga ustunlik berish kerak. Bu esa, ochiq tizimlarda issiq suvning sifati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat standarti OʻzDSt 950:2011 “Ichimlik suvi” talablariga, jumladan hid, rang, tizimdagi kamchiliklar tufayli temir tarkibi, dastlabki suvning sifati yomonligi, suvga ishlov berish tartibining buzilishiga bogʻliq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.5. Isteʼmolchilarga bosim ostida suv yetkazib beriladigan, ochiq yoʻl (idish) holatining balandligi bilan belgilanadigan, issiq va sovuq suv taqsimlanishidan oldin darhol aralashtiriladigan markazlashtirilgan issiq suv taʼminotining ochiq tizimlarida rejim ustidan qattiq nazorat zarur (102 — 104 °С haroratli termik atmosfera deaeratorlarining mavjudligi, korroziyaga qarshi vositalar va organik moddalarni qoʻllash va boshqalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. SUVGA ISHLOV BERISHGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Markazlashtirilgan issiq suv taʼminoti tizimlarida suvga ishlov berishda turli xil, shu jumladan anʼanaviy usullar (magnitli qayta ishlash, kimyoviy usullar), shuningdek quvurlar va uskunalarni korroziyaga qarshi himoya qilish usullari (suvni termik deaeratsiya qilish, suyuq natriy yoki kaliy shishasini kiritish yoʻli bilan silikatli ishlov berish yoki oksietilidendifosfon kislotaning ruxli tuzlari bilan suvga ishlov berish)dan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holda, tozalangan suvda SiO2 boʻyicha silikatning umumiy konsentratsiyasi 40 mg/l, kompleksli ruxning qoldiq miqdori esa 5 mg/l dan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. Respublikaning issiqlik va issiq suv taʼminoti tizimlarida mineral tuzlar toʻplanadigan ingibitorlar sifatida oʻzbekistonlik ishlab chiqaruvchilar tomonidan taklif etilgan “IOMS-I” (Rossiyada ishlab chiqarilgan) va “IOMS-alfa” komplekslaridan foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3. “IOMS-I” kompleks soni formalin va fosfor kislotasi bilan ammoniy xlorid asosida reagentning oʻzaro taʼsiri natijasida olingan polielektrolitning suvli eritmasiga ega (sariq rangdan yashil-jigarranggacha boʻlgan suyuqlik). Preparat deyarli zaharli emas, kumulyativ xususiyatlari yoʻq. Suv havzalari suvida “IOMS-I” kompleks soni REK (ruxsat etilgan konsentratsiya) — zararlilikning (hid) organoleptik cheklov koʻrsatkichi boʻyicha — 4 mg/l. Suvning oʻz-oʻzini tozalash jarayonlariga taʼsiri boʻyicha kompleks son 25,0 mg/l darajadagi chegara konsentratsiyasiga ega va bu miqdor “IOMS-I” kompleks son tarkibidagi suvni suv havzalariga oqizish shartlarini aniqlashda yordam berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.4. Mineral tuzlar toʻplanuvchi yangi “IOMS-alfa” ingibitori “Uniflo” va “K-9” preparatlari asosida ishlab chiqariladi; och sariq rangli, yopishqoq suyuqlik; hidi kuchsiz. Asosiy moddaning tarkibi 10 — 12%; harakatdagi modda uchun qoʻllanadigan doza 0,8 — 2,0 mg/l. Karbonat va kalsiy sulfat boʻyicha ingibirlash samaradorligi 90% dan kam emas. Kompleks sonning 20,0 mg/l darajasidagi konsentratsiyasi suv havzalarida oʻz-oʻzini tozalash jarayonlariga taʼsir qilish chegarasi deb hisoblanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.5. Suvni tozalash uchun faqat GOST yoki TU ega boʻlgan reagentlardan foydalanishga ruxsat etiladi; ularni saqlash, tashish, tozalangan suvga kiritish usuli uning ifloslanish ehtimolini istisno qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. MARKAZLAShGAN ISSIQ SUV TAʼMINOTI TIZIMLARIDA SUV SIFATINI NAZORAT QILISh VA FOYDALANIShGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Barcha issiqlik tarmoqlari (tizimi va turidan qatʼiy nazar) har bir kapital taʼmirlashdan soʻng suv-havo aralashmasi hisobi kamida 0,5 m/sek. tezlikdan oshib ketgandagina gidropnevmatik yuviladi, soʻngra tarmoqlar xlorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Isitish mavsumi tugagandan soʻng ochiq isitish tizimlarida barcha tizimlarni boʻshatish, tekshirish, taʼmirlash va tarkibida korroziya ingibitori boʻlgan deaerlangan yoki vodoprovod suviga toʻldirib yuvish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3. Tarmoqlarni konservatsiyalash uchun foydalaniladigan suv kanalizatsiya tarmogʻiga quyilishi kerak va tizimlar ishga tushirilishidan oldin tarmoq bevosita suv bilan toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.4. Issiq suv taʼminoti tizimlarida issiqlik taʼminoti tizimini yillik profilaktik taʼmirlanishi uchun 10 kundan ortiq oʻchirib qoʻymaslik kerak. Ushbu davrda epidemik ahamiyatga ega obyektlar boshqa issiqlik manbalaridan yoki oʻzlarining zaxira manbalaridan issiq suv bilan taʼminlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.5. Issiq suv taʼminoti tizimlarini xom suv bilan toʻldirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.6. Issiqlik taʼminoti tizimining turidan qatʼiy nazar, issiq suv sifati boʻyicha laboratoriya-ishlab chiqarish nazorati isteʼmolchilar tomonidan davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan nuqtalarda ham amalga oshirilishi kerak. Nazorat qilinadigan koʻrsatkichlar roʻyxatida “Ichimlik suvi” OʻzDSt da nazarda tutilganidan tashqari, suvni tozalash jarayonida qoʻllaniladigan reagentlarning qoldiq miqdorini, shuningdek quvurlar va jihozlarning konstruktiv xususiyatlari bilan bogʻliq moddalarning (mis va rux tarkibi) yuzaga kelishini aniqlash zarur. Namuna olishning qoldiqsiz boʻlinishi “Ichimlik suvi” OʻzDSt talablari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.7. Laboratoriya tadqiqotlari bilan bir qatorda, aholi oʻrtasida maxsus soʻrovnomalar yordamida issiq suv sifatini baholash va maishiy hayotda undan turli koʻrinishda foydalanish miqdori boʻyicha ijtimoiy-gigiyenik tadqiqotlar oʻtkazish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.8. Markazlashtirilgan issiq suv taʼminoti tizimlari ustidan ham sanitariya, ham idoraviy nazoratni amalga oshirishda respublikada faoliyat koʻrsatayotgan turli issiqlik va issiq suv taʼminoti obyektlarida har xil boʻlishi mumkin boʻlgan yuqoridagi barcha gigiyenik jihatlar va omillarni hisobga olish majburiydir; biroq ularning barchasi hisobga olinishi, nazorat qilinishi, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.9. Isteʼmolchilarga yetkazib beriladigan issiq suvning sifatiga javobgarlik issiqlik taʼminotini amalga oshiruvchi va markazlashtirilgan suv taʼminoti tarmogʻini ishga soluvchi tashkilot zimmasiga yuklanadi.