Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining
meʼyorlari
Oʻgʻitlardagi va ularni ishlab chiqarish uchun xom ashyodagi (mahsulotlar va konsentratlardagi) tabiiy radionuklidlarning ruxsat etilgan chegaraviy konsentratsiyalari
1. UMUMIY QOIDALAR
1.1. SanQvaM Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida”gi (1992) va “Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi (2000) qonunlari asosida ishlab chiqilgan.
1.2. Ishlab chiqish quyidagilarga asoslangan:
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti; Xalqaro atom energiyasi agentligi; Xalqaro mehnat tashkiloti; Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Yadro energiyasi agentligi; Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan qabul qilingan Ionlashtiruvchi nurlanishlardan himoya qilish va nurlanish manbalarining xavfsizligi boʻyicha xalqaro asosiy xavfsizlik meʼyorlari (xavfsizlik seriyasi № 115), 1996;
“Oʻzbekiston Respublikasining radiatsiya xavfsizligi boʻyicha sanitariya meʼyorlari va qoidalari”dan, 1994;
respublika va xorijiy olimlarning ish tajribalari.
2. OʻGʻITLAR VA MELIORANTLARDA TABIIY RADIONUKLIDLARNING RUXSAT ETILGAN CHEGARAVIY KONSENTRATSIYALARI
Obyekt | SI birligi (bekkerel/kilogramm) | Tizimdan tashqari birlik | |
pikoKyuri/gramm | gramm/tonna | ||
| 1200 | 32,4 | 97,4 |
3. OʻGʻITLAR VA MELIORANTLAR ISHLAB CHIQARISH UCHUN XOM ASHYO (RUDALAR VA KONSENTRATLAR)DAGI TABIIY RADIONUKLIDLARNING ALFA-RADIOAKTIVLIK BOʻYICHA RUXSAT ETILGAN CHEGARAVIY KONSENTRATSIYALARI
|
Obyekt |
SI birligi (bekkerel/kilogramm) |
Tizimdan tashqari birlik |
|
|
pikoKyuri/gramm |
gramm/tonna |
||
|
Oʻgʻitlar va meliorantlar ishlab chiqarish uchun xom ashyodagi radionuklidlarning (uran, toriy va ularning parchalanish mahsulotlari) umumiy solishtirma alfa-faolligi quyidagi miqdordan oshmasligi kerak |
10000 |
270 |
812 |
Izoh:
uran-238 va toriy-232 ning uran va toriy qatorlarining qolgan aʼzolari bilan radioaktiv muvozanati — uran va toriy qatorlari aʼzolarining mos ravishda uran-238 va toriy-232 bilan solishtirma faolliklarining tengligi;
tabiiy radionuklidlar — uran-238, uran-235 va toriy-232 qatorlari tarkibiga kiruvchi yer kelib chiqishli radionuklidlar, shuningdek, eng muhimi kaliy-40 va rubidiy-87 boʻlgan boshqa bir qator radionuklidlar hamda koʻp sonli kosmogen radionuklidlar, ulardan faqat toʻrttasi (tritiy-3, berilliy-7, uglerod-14, natriy-22) insonning nurlanish dozasiga maʼlum darajada hissa qoʻshadi.
Atamalar va taʼriflar
1. Faollik (A) — maʼlum bir vaqtda maʼlum bir energetik holatda boʻlgan radionuklidning maʼlum miqdorining radioaktivlik oʻlchovi:
|
A |
= |
dN |
|
dt |
Bu yerda dN — berilgan energetik holatdan dt vaqt oraligʻida sodir boʻladigan oʻz-oʻzidan yadro oʻzgarishlarining kutilayotgan soni. Faollik oʻlchov birligi bekkerel (Bk) hisoblanadi.
Ilgari qoʻllanilgan tizimdan tashqari faollik birligi kyuri (Ki) 3,7 x 1010 Bk ga teng.
2. Solishtirma (hajmiy) faollik — moddadagi radionuklidning A faolligini moddaning m massasiga (V hajmiga) nisbati:
|
Am |
= |
A |
, |
AV |
= |
A |
; |
|
m |
V |
Solishtirma faollik birligi — bir kilogrammga bekkerel, Bk/kg. Hajmiy faollik birligi — kub metrga bekkerel, Bk/m3.
3. Radioaktiv modda — har qanday agregat holatdagi, tarkibida Radiatsion xavfsizlik meʼyorlari va ushbu Qoidalar talablari tatbiq etiladigan faollikka ega radionuklidlarni oʻz ichiga olgan modda.
4. Aralashuv — nurlanish ehtimolini, dozasini yoki nurlanishning salbiy oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan harakat.
5. Ekvivalent doza (NT,R) — aʼzo yoki toʻqimada yutilgan dozaning ushbu turdagi nurlanish uchun tegishli ogʻirlik koeffitsiyentiga koʻpaytmasi,
NT,R = WR×DT,R,
bu yerda DT,R — T aʼzo yoki toʻqimada yutilgan oʻrtacha doza, WR esa — R nurlanish turi uchun ogʻirlik koeffitsiyenti.
Ekvivalent doza birligi zivert (Zv) hisoblanadi.
6. Samarali doza (E) — insonning butun tanasi va uning alohida aʼzolari hamda toʻqimalarining radiatsiyaga sezgirligini hisobga olgan holda nurlanishning uzoq muddatli oqibatlari yuzaga kelishi xavfini baholash uchun qoʻllaniladigan kattalik. U aʼzo va toʻqimalardagi ekvivalent dozaning tegishli ogʻirlik koeffitsiyentlariga koʻpaytmasi yigʻindisidan iborat:
E = Σ WT×HT
bu yerda HT — T aʼzo yoki toʻqimadagi ekvivalent doza, WT esa — T aʼzo yoki toʻqima uchun ogʻirlik koeffitsiyenti.
Samarali doza birligi — zivert (Zv).
7. Radiatsiyaviy nazorat — tashkilotdagi radiatsiya holati, atrof-muhit va odamlarning nurlanish darajasi haqida maʼlumot olish (dozimetrik va radiometrik nazoratni oʻz ichiga oladi).
8. Tabiiy nurlanish — tabiiy nurlanish manbalari tufayli yuzaga keladigan nurlanish.
9. Texnogen nurlanish — bemorlarning tibbiy nurlanishidan tashqari, normal va favqulodda vaziyatlarda texnogen manbalardan kelib chiqadigan nurlanish.
10. Radiatsiyaviy xavfsizlikni nazorat qiluvchi davlat organlari — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan radiatsiyaviy xavfsizlikni nazorat qilish vakolati berilgan organlar.