|
1-jadval |
|||||||
|
|
|||||||
|
TOʻQIMACHILIK ISHLAB CHIQARISHI UCHUN YORITISH MEʼYORLARI |
|||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Texnologik uchastkaning nomi |
Koʻrish ishi razryadi, kichik razryadi |
Sunʼiy |
Tabiiy |
Birgalikdagi |
|||
|
Yoritilganlik, lk |
TYoK, % |
TYoK, % |
|||||
|
aralash yoritishda |
umumiy yoritishda |
yuqoridan yoki yuqoridan va yondan yoritishda |
yondan yoritishda |
yuqoridan yoki yuqoridan va yondan yoritishda |
yondan yoritishda |
||
|
Savash sexi |
6 |
- |
200 |
2,0 |
0,5 |
1,0 |
0,6 |
|
Tarash sexi |
6 |
- |
200 |
2,0 |
0,5 |
1,0 |
0,6 |
|
Pilta sexi |
6 |
- |
200 |
2,0 |
0,5 |
1,0 |
0,6 |
|
Pilik sexi |
6 |
- |
200 |
2,0 |
0,5 |
1,0 |
0,6 |
|
Yigiruv sexi |
2v |
2000 |
500 |
7,0 |
2,5 |
4,2 |
1,5 |
|
Oʻrash sexi |
2v |
2000 |
500 |
7,0 |
2,5 |
4,2 |
1,5 |
|
Toʻquv sexi |
2v |
2000 |
500 |
7,0 |
2,5 |
4,2 |
1,5 |
| Ishlab chiqarish omillari | REK, REM qiymati | Xavflilik darajasi | Aniqlash usuli |
| Paxta tolasining changi | 4,0 mg/m³ | IV | Ish hududi havosidagi chang miqdori elektr aspirator yordamida vazn (gravimetrik) usulida aniqlanadi. Bunda havo aspiratsiyasi 20 l/daqiqa, ekspozitsiyasi 10 daqiqa boʻlgan AFA-V filtrlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Filtr vaznining ortishiga qarab, normativ sharoitlarga keltirilgan soʻrib olingan havo hajmiga boʻlish yoʻli bilan chang konsentratsiyasi mg/m³ da hisoblab chiqariladi: X = (K2-K1): Y0 = mg/m³, bu yerda: X — aniqlanayotgan konsentratsiya; K1 — namuna olishdan oldingi filtr vazni; K1 — namuna olinganidan keyingi filtr vazni; Y0 — normativ sharoitlarga (havo harorati 20 °C, barometrik bosim 760 mm sim. ust.) keltirilgan havo namunasining hajmi. MU № 4436-87, 18.11.87-y. |
| Shovqin | 80 dB |
| Ish joylaridagi shovqin darajalari meʼyoriy hujjatlarga muvofiq baholanadi: GOST-23941-79 SSBT “Shovqin. Oʻlchash usullari”, № 1844-78 “Ish joylaridagi shovqinlarni oʻlchash va gigiyenik baholash boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar”. Ish joylaridagi shovqinning faktik holatini gigiyenik baholash № 0120-01-sonli SanQvaM “Ish joylarida yoʻl qoʻyiladigan shovqin darajalarining sanitariya meʼyorlari”ga muvofiq amalga oshiriladi. |
| Umumiy vibratsiya | 92 dB |
| Ish oʻrinlaridagi umumiy vibratsiya darajalari chastotaviy tahlil usuli bilan aniqlanadi. Umumiy vibratsiyani taxminiy baholashga chastota boʻyicha integral usul bilan, taʼsir vaqtini hisobga olgan holdagi vibratsiyani esa vibratsiya dozasi bilan baholashga yoʻl qoʻyiladi. Vibratsiyaning haqiqiy holatini gigiyenik baholash “Ish oʻrinlaridagi umumiy va mahalliy vibratsiyaning sanitariya meʼyorlari” toʻgʻrisidagi 0122-01-sonli SanQvaMga muvofiq amalga oshiriladi. |
| Mikroiqlim | Yilning sovuq davri: havo harorati 15 — 21 °C, nisbiy namlik 40 — 60 %, harakatlanish tezligi 0,4 m/s dan oshmaydi. Yilning issiq davri: havo harorati 21 — 29 °C, nisbiy namlik 40 — 60 %, harakatlanish tezligi 0,4 — 0,7 m/s, harorat indeksi 30,00 °C. |
| Ish oʻrinlaridagi mikroiqlimni gigiyenik baholash “Ishlab chiqarish binolari mikroiqlimining sanitariya-gigiyena meʼyorlari” toʻgʻrisidagi 0203-06-sonli SanQvaMga muvofiq umum qabul qilingan usullar bilan amalga oshirilishi lozim: harorat va nisbiy namlikni Assman aspiratsion psixrometri, havo harakati tezligini — anemometr, nurli issiqlikni — inspeksion aktinometr, harorat indeksini aniqlash uchun natijaviy haroratni esa Vernon-Yokl sharsimon termometri (qora shar) bilan oʻlchash orqali. Mikroiqlim sharoitlarini baholash ish kuni dinamikasida, yaʼni ish boshida, tushlik tanaffusidan oldin va ish oxirida oʻtkazilishi kerak. |
| Mehnat jarayonlarining ogʻirligi va keskinligi |
|
| Mehnat jarayonlarining ogʻirligi va tigʻizligi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan 2004-yil 12-mayda tasdiqlangan “Ish oʻrinlarini attestatsiyadan oʻtkazishda mehnat jarayonining ogʻirligini baholash boʻyicha uslubiy tavsiyalar” va “Ish oʻrinlarini attestatsiyadan oʻtkazishda mehnat jarayonining tigʻizligini baholash boʻyicha uslubiy tavsiyalar”ga muvofiq baholanadi. |