Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
QMQ 2.03.09-98 “Asbest-sement konstruksiyalar” shaharsozlik normalari va qoidalarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 1998-yil 31-yanvardagi 10 a-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan QMQ 2.03.09-98 “Asbest-sement konstruksiyalar” qurilish meʼyorlari va qoidalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir SH. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2025-yil 26-mart,
68-son