26.08.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2608-3
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 27.08.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumlarni jazoni ijro etish muassasasiga joʻnatish hamda ularni bir muassasadan boshqasiga koʻchirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 26-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2608-3]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 15-yanvardagi OʻRQ-1112-son “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar uchun masofali video-uchrashuvlar oʻtkazish imkoniyatini yaratishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PF-6196-son “Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2014-yil 27-iyuldagi 103-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2608, 2014-yil 8-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 33-son, 424-modda) bilan tasdiqlangan Mahkumlarni jazoni ijro etish muassasasiga joʻnatish hamda ularni bir muassasadan boshqasiga koʻchirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir A. TASHPULATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 7-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
420-son

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2026-yil 7-avgustdagi 420-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumlarni jazoni ijro etish muassasasiga joʻnatish hamda ularni bir muassasadan boshqasiga koʻchirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mazkur Nizom mahkumlarni jazoni ijro etish muassasasiga joʻnatish hamda ularni bir muassasadan boshqasiga koʻchirish tartibini belgilaydi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“10. Mazkur Nizomning 9-bandi “a” va “b” kichik bandining ikkinchi — yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlardan biri yuz bergan taqdirda, mahkumlarni koʻchirish uchun asos boʻlgan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti (bundan buyon matnda JIED deb yuritiladi) tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumlarni koʻchirish uchun asos boʻlgan hujjatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha JIEDning tegishli xizmati tomonidan xulosa tuziladi. Mazkur xulosa JIED boshligʻi yoki u boʻlmagan taqdirda uning birinchi oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“11. Mahkumni bir muassasadan boshqa shu turdagi muassasaga koʻchirish JIED boshligʻi yoki u boʻlmagan taqdirda uning birinchi oʻrinbosari tomonidan tasdiqlangan xulosaga yoxud sud qaroriga asosan JIED Maxsus hisob boshqarmasi tayyorlagan taqsimotga muvofiq amalga oshiriladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 13-band “banderollar olish,” degan soʻzlardan keyin “masofali video-uchrashuv yoki” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2026 y., 10/26/2608-3/0875-son)