Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
«Fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari Konstitutsiyaviy sud tomonidan himoya qilinishining takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»gi QL-249-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
«Fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari Konstitutsiyaviy sud tomonidan himoya qilinishining takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»gi QL-249-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tomonidan 2026-yil 19-iyunda kiritilgan «Fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari Konstitutsiyaviy sud tomonidan himoya qilinishining takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»gi QL-249-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasining matni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tomonidan 2026-yil 13-iyulda oʻzgartirilib, qayta kiritilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilinsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 27-iyul,
2390-V-son