Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
«Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga bojxona sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»gi QL-253-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
(«Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga bojxonaga oid jinoyatlar boʻyicha jazo choralarini mutanosiblik prinsipiga muvofiqlashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»)
(«Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga bojxonaga oid jinoyatlar boʻyicha jazo choralarini mutanosiblik prinsipiga muvofiqlashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga bojxonaga oid jinoyatlar boʻyicha jazo choralarini mutanosiblik prinsipiga muvofiqlashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»gi QL-253-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga bojxona sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida» degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2026-yil 22-iyul,
2379-V-son