Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
«Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga bojxonaga oid jinoyatlar boʻyicha jazo choralarini mutanosiblik prinsipiga muvofiqlashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»gi QL-253-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2026-yil 26-iyunda kiritilgan «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga bojxonaga oid jinoyatlar boʻyicha jazo choralarini mutanosiblik prinsipiga muvofiqlashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»gi QL-253-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini maromiga yetkazsin va ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2026-yil 22-iyul,
2378-V-son