Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»gi QL-226-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
2. «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»gi QL-229-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida («Chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimi joriy etilishi hamda kasbiy koʻnikmalarga ega kadrlarni tayyorlash tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida») (ikkinchi oʻqish).
3. «Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida»gi QL-235-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida («Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 178-moddasiga yaroqlilik muddati oʻtgan va yaroqlilik muddati koʻrsatilmagan holda realizatsiya qilish hamda sotishning oldini olishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida») (ikkinchi oʻqish).
4. «Oʻzbekiston Respublikasining Suv kodeksiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»gi QL-237-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
5. «Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida»gi QL-238-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida («Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida») (ikkinchi oʻqish).
6. QL-237 va QL-238-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish toʻgʻrisida.
7. «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
8. «Xalqaro mehnat standartlari milliy qonunchilikka implementatsiya qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida»gi QL-242-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
9. «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish kiritish haqida»gi QL-236-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
10. «Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga davlat sirlarini saqlash faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida»gi QL-252-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
11. «Oʻzbekiston Respublikasi bilan Pokiston Islom Respublikasi oʻrtasida mahkumlarni topshirish toʻgʻrisida Bitimni (Islomobod, 2026-yil 5-fevral) ratifikatsiya qilish haqida»gi QL-254-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
12. «Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar oʻrtasida Shanxay hamkorlik tashkilotining Giyohvandlikka qarshi kurashish markazi toʻgʻrisidagi Bitimni (Tyanszin, 2025-yil 1-sentabr) ratifikatsiya qilish haqida»gi QL-255-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi A. Abduxakimovga «2030-yilgacha boʻlgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida» Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tashabbusli budjet jarayonlarida parlament nazoratini amalga oshirish boʻyicha komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 7-iyul,
2286-V-son