Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
«Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar oʻrtasida Shanxay hamkorlik tashkilotining Giyohvandlikka qarshi kurashish markazi toʻgʻrisidagi Bitimni (Tyanszin, 2025-yil 1-sentabr) ratifikatsiya qilish haqida»gi QL-255-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
«Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar oʻrtasida Shanxay hamkorlik tashkilotining Giyohvandlikka qarshi kurashish markazi toʻgʻrisidagi Bitimni (Tyanszin, 2025-yil 1-sentabr) ratifikatsiya qilish haqida»gi QL-255-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yil 30-iyunda kiritilgan «Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar oʻrtasida Shanxay hamkorlik tashkilotining Giyohvandlikka qarshi kurashish markazi toʻgʻrisidagi Bitimni (Tyanszin, 2025-yil 1-sentabr) ratifikatsiya qilish haqida»gi QL-255-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 6-iyul,
2277-V-son