Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
«Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish kiritish haqida»gi QL-236-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
«Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish kiritish haqida»gi QL-236-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2026-yil 5-iyunda kiritilgan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish kiritish haqida»gi QL-236-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 6-iyul,
2271-V-son