Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
«Qozogʻiston Respublikasi, Qirgʻiz Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasida abadiy yaxshi qoʻshnichilik, doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi Shartnomani (Ostona, 2025-yil 17-iyun) ratifikatsiya qilish haqida»gi QL-243-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2026-yil 17-iyunda kiritilgan «Qozogʻiston Respublikasi, Qirgʻiz Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasida abadiy yaxshi qoʻshnichilik, doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi Shartnomani (Ostona, 2025-yil 17-iyun) ratifikatsiya qilish haqida»gi QL-243-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 1-iyul,
2264-V-son