Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
«Oʻzbekiston Respublikasining «Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan kommunal xoʻjaligi xodimi» faxriy unvonini taʼsis etish toʻgʻrisida»gi QL-241-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. «Oʻzbekiston Respublikasining «Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan kommunal xoʻjaligi xodimi» faxriy unvonini taʼsis etish toʻgʻrisida»gi QL-241-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 1-iyul,
2260-V-son