Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
«Davlat veterinariya nazorati takomillashtirilishi munosabati bilan «Veterinariya toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. «Davlat veterinariya nazorati takomillashtirilishi munosabati bilan «Veterinariya toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi QL-211-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi «Davlat veterinariya nazorati takomillashtirilishi munosabati bilan «Veterinariya toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida» degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 1-iyul,
2257-V-son