Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
«Toshkent xalqaro moliya markazi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunini qayta koʻrib chiqish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2026-yil 2-iyunda qabul qilingan va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan 2026-yil 13-iyunda rad etilgan «Toshkent xalqaro moliya markazi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunini qayta koʻrib chiqib, kelishuv komissiyasining takliflarini inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. «Toshkent xalqaro moliya markazi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni kelishuv komissiyasi tomonidan taklif qilingan tahrirda qabul qilinsin.
2. Mazkur Konstitutsiyaviy Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 1-iyul,
2255-V-son