10.07.2026 yildagi СҚ-318-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi oʻrni yaxshilanishi toʻgʻrisidagi milliy maʼruza haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Adliya vazirligi rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi oʻrni yaxshilanishi toʻgʻrisidagi milliy maʼruza haqidagi axborotlarini eshitib, mamlakatda mazkur sohada 2025-yilda muayyan ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, 2025-yilda Oʻzbekiston uchun ustuvor boʻlgan 20 ta xalqaro reyting va indeksning 14 tasida mamlakatimiz koʻrsatkichlari yaxshilangan, 4 tasida oʻzgarishsiz qolgan va 2 ta reyting natijalari eʼlon qilinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Oʻzbekiston Respublikasining suveren kredit reytinglari boʻyicha xalqaro moliyaviy bozorlardagi nufuzi yanada mustahkamlanib, davlat boshqaruvi va institutsional tizimlarni takomillashtirish, iqtisodiy siyosatning samaradorligini oshirish, fiskal intizomni kuchaytirish hamda investitsiya muhitini yaxshilash boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar xalqaro reyting agentliklari tomonidan yuqori baholandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fitch Ratings” va “S&P Global Ratings” agentliklari mamlakatimizning suveren kredit reytingini 2018-yildan buyon birinchi marta bir pogʻonaga oshirib, “BB” darajasida “barqaror” kutilma bilan tasdiqladi. “Moodyʼs Ratings” agentligi esa mamlakatimizning “Ba3” darajasidagi suveren kredit reytingini saqlab qolgan holda, reyting kutilmasini “barqaror”dan “ijobiy”ga yaxshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barqaror rivojlanish sohasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar natijasida mamlakatimiz Barqaror rivojlanish maqsadlari indeksida 19 pogʻonaga koʻtarilib, 167 ta davlat orasida 62-oʻrinni egalladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston 2015-yildan buyon Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yoʻlida eng katta taraqqiyotga erishgan davlatlar qatoriga kiritildi hamda Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida mazkur yoʻnalishda eng yuqori oʻsish surʼatlarini namoyon etayotgan mamlakat sifatida eʼtirof etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvini raqamlashtirish va davlat xizmatlarini elektron shaklda koʻrsatish sohasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar Oʻzbekistonning Elektron hukumatni rivojlantirish reytingidagi oʻrnining sezilarli yaxshilanishiga turtki berdi. Jumladan, mamlakatimiz mazkur reytingda 193 ta davlat orasida 63-oʻrinni egalladi va avvalgi natijaga nisbatan 6 pogʻonaga yuqorilab, elektron hukumat sohasida rivojlanish darajasi boʻyicha “yuqori” toifadan “juda yuqori” toifaga koʻtarilgan 17 ta davlat qatoriga kiritildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, innovatsion rivojlanish, iqtisodiy erkinlik, huquq ustuvorligini taʼminlash hamda davlat boshqaruvi sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar xalqaro reyting va indekslarda mamlakatimiz oʻrnining yaxshilanishiga xizmat qildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Oʻzbekiston Global innovatsiya indeksida 4 pogʻonaga yuqorilab, 139 ta davlat orasida 79-oʻrinni egalladi. Mazkur natija mamlakatda innovatsion ekotizimni rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot va texnologik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samarasini aks ettirdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy erkinlik indeksida respublikamiz 3 pogʻonaga koʻtarilib, 184 ta mamlakat orasida 100-oʻrinni qayd etdi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston MDH mamlakatlari orasida 5-oʻrinni hamda Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida 2-oʻrinni egalladi, bu esa iqtisodiyotni liberallashtirish va xususiy sektorni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan islohotlarning ijobiy natijalarini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquq ustuvorligi indeksida mamlakatimiz 2 pogʻonaga yuqorilab, 143 ta davlat orasida 81-oʻringa koʻtarildi. Oʻzbekistonning umumiy bahosi 0,5 foizga oshib, mazkur reytingda eng yaxshi oʻsish koʻrsatkichlarini namoyon etgan davlatlar qatoriga kiritildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon bankining Boshqaruv sifati indikatorlari boʻyicha ham mamlakatimizning koʻrsatkichlari bir qator yoʻnalishlarda yaxshilandi. Binobarin, siyosiy barqarorlik va zoʻravonlik hamda terrorizmning mavjud emasligi indikatorida 22 pogʻonaga, hukumat samaradorligi indikatorida 15 pogʻonaga, tartibga solish sifati indikatorida 5 pogʻonaga hamda korrupsiyani tiyib turish indikatorida 1 pogʻonaga koʻtarilish qayd etildi. Mazkur natijalar qonun ustuvorligini taʼminlash, odil sudlov tizimini takomillashtirish, davlat boshqaruvi institutsional asoslarini mustahkamlash va boshqaruv samaradorligini oshirish boʻyicha olib borilayotgan islohotlarning amaliy samarasini namoyon etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash tizimi (5-guruh), Korrupsiyani qabul qilish (121-oʻrin), Matbuot erkinligi (148-oʻrin) indekslari hamda Boshqaruv sifati indikatorlari tarkibiga kiruvchi Huquq ustuvorligi indikatorida (153-oʻrin) Oʻzbekistonning koʻrsatkichlari oʻzgarishsiz qoldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Logistika samaradorligi va Elektron hukumatni rivojlantirish indekslari natijalari eʼlon qilinmadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar bilan bir qatorda sohada oʻz yechimini kutayotgan ayrim muammo va kamchiliklar ham saqlanib qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, Iqtisodiy erkinlik indeksidagi ayrim tarkibiy koʻrsatkichlar boʻyicha salbiy dinamika qayd etilgan. Masalan, “Sud faoliyati samaradorligi” koʻrsatkichi 14,5 ballni tashkil etib, 2024-yilga nisbatan 0,8 ballga pasaygan boʻlsa, “Mehnat bozori erkinligi” koʻrsatkichi 47,9 ballni tashkil etgan holda 0,3 ballga kamaygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holat sud-huquq sohasidagi islohotlarning natijadorligini yanada oshirish, mehnat munosabatlarini liberallashtirish, mehnat bozorining moslashuvchanligi va raqobatbardoshligini kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson kamoloti indeksida mamlakatimiz uchun berilgan ballar 2024-yilga nisbatan 0,013 ballga oshgan boʻlsa-da, umumiy reytingdagi oʻrnimizda 1 pogʻonaga pasayish kuzatilgan (107-oʻrin).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu holat inson kapitalini rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada jadallashtirish, jumladan taʼlim tizimida olib borilayotgan oʻzgarishlarni izchil davom ettirish, taʼlim sifati va qamrovini oshirishga qaratilgan rivojlangan davlatlar tajribasida oʻz samarasini koʻrsatgan mexanizmlarni milliy sharoitga moslashtirgan holda keng joriy etish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Global innovatsiya indeksi boʻyicha umumiy koʻrsatkichlar yaxshilangan boʻlsa-da, uning ayrim tarkibiy yoʻnalishlarida pasayishlar kuzatilmoqda. Masalan, indeksning “biznesni rivojlantirish” yoʻnalishi boʻyicha koʻrsatkich 6 pogʻonaga, “ijodiy mahsulotlar” yoʻnalishi boʻyicha esa 1 pogʻonaga pasaygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu esa innovatsion faoliyatni tijoratlashtirish, xususiy sektorning innovatsion jarayonlardagi ishtirokini kengaytirish hamda yuqori qoʻshimcha qiymatga ega ijodiy va intellektual mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish borasidagi islohotlarni jadallashtirishni taqozo etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jahon odil sudlov loyihasi” (World Justice Project) xalqaro nohukumat tashkilotining Huquq ustuvorligi indeksi boʻyicha Oʻzbekistonning umumiy koʻrsatkichlari yaxshilangan boʻlsa-da, indeksning ayrim tarkibiy indikatorlarida pasayish holatlari kuzatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, “Hokimiyat institutlarining shaffofligi (ochiqligi)” indikatori boʻyicha mamlakatimiz 0,37 ball bilan 120-oʻrinni egallab, oʻtgan yilga nisbatan 3 pogʻonaga pasaygan. Shuningdek, “Asosiy (fundamental) huquqlarni himoya qilish” indikatorida Oʻzbekiston 0,43 ball bilan 110-oʻrinni qayd etib, reytingda 2 pogʻonaga orqaga siljigan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu holat davlat organlari faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini yanada oshirish, aholining axborot olish huquqini taʼminlash hamda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish mexanizmlarining samaradorligini kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni izchil davom ettirish zarurligini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon banki tomonidan yuritiladigan Boshqaruv sifati indikatorlari tarkibiga kiruvchi “Aholi fikrini inobatga olish va hisobdorlik” indikatori boʻyicha minimal pasayish (2-pogʻona) kuzatilib, mamlakatimiz ushbu koʻrsatkich boʻyicha umumiy reytingda 161-oʻrindan 163-oʻringa tushgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holat davlat organlarining ochiqligi va hisobdorligini taʼminlash, fuqarolarning davlat boshqaruvida ishtirokini kengaytirish, jamoatchilik fikrini qaror qabul qilish jarayonlariga samarali integratsiya qilish hamda demokratik institutlar faoliyati samaradorligini yanada oshirish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga asosan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7 va 9-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Adliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi oʻrni yaxshilanishi toʻgʻrisidagi milliy maʼruza haqidagi axborotlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashi (bundan buyon matnda Respublika kengashi deb yuritiladi) ishchi organlari (Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi) ustuvor xalqaro reyting va indekslarga biriktirilgan vazirlik va idoralar hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda xalqaro reyting va indekslarda mamlakatimiz koʻrsatkichlariga taʼsir koʻrsatuvchi sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va natijalarini xalqaro hamjamiyatga tizimli yetkazish maqsadida xorijiy media makonida targʻibot-tushuntirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha media-rejani ishlab chiqib, Respublika kengashiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muntazam ravishda reyting tuzuvchi xalqaro tashkilotlar, ekspertlar va tadqiqot markazlari bilan doimiy muloqot mexanizmlarini yoʻlga qoʻyib, ularni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilayotgan natijalar haqida xabardor qilib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi oʻrni yaxshilanishi toʻgʻrisidagi milliy maʼruzani tayyorlashda quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsadli koʻrsatkichlarga erishish boʻyicha masʼul vazirlik va idoralar faoliyatining samaradorligini hamda amalga oshirilgan chora-tadbirlarning xalqaro reyting va indekslar koʻrsatkichlariga taʼsirini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro reyting va indekslarda mamlakatimiz koʻrsatkichlarining yaxshilanishi yoki pasayishiga taʼsir etgan omillarni chuqur tahlil qilish hamda har bir indikator kesimida aniq xulosalar shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyting va indekslar metodologiyasidagi oʻzgarishlar, yangi talablar hamda baholash mezonlarining milliy koʻrsatkichlarga taʼsirini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston koʻrsatkichlari past yoki oʻzgarishsiz saqlanib qolayotgan indikatorlar boʻyicha tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro reytinglarni shakllantiruvchi tashkilotlar, ekspertlar va tadqiqot markazlari bilan hamkorlik natijalari hamda ularning mamlakatimiz boʻyicha baholari va tavsiyalarini aks ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustuvor xalqaro reyting va indekslarda yuqori natijalarga erishgan davlatlar tajribasini oʻrganish va uni milliy amaliyotga joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro reyting va indekslar koʻrsatkichlariga taʼsir etuvchi sohalarda amalga oshirilgan islohotlarning aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun amaliy natijalarini baholash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fitch”, “S&P” va “Moodyʻs” bilan proaktiv aloqani davom ettirgan holda agentliklar hisobotlarida koʻrsatilgan Oʻzbekiston reytingiga taʼsir etuvchi asosiy omillar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqidagi mavzuli taqdimotlarni reyting agentliklariga taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy ravishda ustuvor xalqaro reyting va indekslarga biriktirilgan vazirlik va idoralar hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan birgalikda ijtimoiy-iqtisodiy sohaga oid xalqaro reyting va indekslarda mamlakatimiz koʻrsatkichlariga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan omillarni iqtisodiy tahlil qilish asosida ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Adliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda mamlakatimizning suveren kredit reytinglaridagi koʻrsatkichlarini yaxshilash, ularni investitsion darajaga yaqinlashtirishga qaratilgan institutsional va makroiqtisodiy islohotlar boʻyicha Respublika kengashiga kompleks takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jahon odil sudlov loyihasi” (World justice project) tashkiloti bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda huquq ustuvorligini mustahkamlashga qaratilgan loyiha yakunlari yuzasidan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oliy sud uch oy muddatda maʼmuriy sud ishlarini yuritish jarayonining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida maʼmuriy sud qarorlarini rasmiy veb-saytda eʼlon qilish tartibini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda Iqtisodiy erkinlik indeksining “Mehnat bozori erkinligi” koʻrsatkichlarida mamlakatimiz pozitsiyalarini yaxshilash maqsadida minimal ish haqini mehnat unumdorligi bilan bogʻlagan holda tasdiqlash, hamma uchun yagona minimal ish haqi miqdorini belgilashdan voz kechish va tarmoqlar boʻyicha minimal ish haqini belgilash tizimiga oʻtish, shuningdek, minimal ish haqining mintaqaviy tabaqalanishini joriy etish yuzasidan rivojlangan mamlakatlar tajribasini chuqur tahlil qilsin va asoslantirilgan takliflarni Respublika kengashiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligi bilan birgalikda mehnat munosabatlari va mehnat muhofazasi sohasida qonun talablariga rioya etilishini taʼminlash maqsadida eng koʻp buzilayotgan huquq normalarini hamda uning sabablarini aniqlab, natijasiga koʻra qonunbuzilishlar sodir etilishiga sabab boʻluvchi holatlarni monitoring qilib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sogʻliqni saqlash vazirligi 2026-yil yakuniga qadar Inson kamoloti indeksining “Kutilayotgan umr koʻrish davomiyligi” indeksida Oʻzbekiston koʻrsatkichlarini yaxshilash maqsadida Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlarida kasalliklar rivojlanishiga sabab boʻluvchi moddalar miqdorini koʻrsatuvchi majburiy rangli markirovkalash tizimini yaratish va tatbiq qilish boʻyicha amaldagi qonunchilik hujjatlariga tegishli oʻzgartirish kiritish boʻyicha takliflar tayyorlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Milliy statistika qoʻmitasi ikki oy muddatda BMT Taraqqiyot dasturining Inson kamoloti indeksi boʻyicha masʼul ekspertlari ishtirokida muloqot tashkil etsin hamda mazkur indeksning “Taʼlim” (kutilayotgan taʼlim davomiyligi va oʻrtacha taʼlim davomiyligi) hamda “Kutilayotgan umr koʻrish davomiyligi” indikatorlari boʻyicha Oʻzbekiston koʻrsatkichlariga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan omillarni aniqlash, ularni bartaraf etish yuzasidan ekspertlar tavsiyalari asosida aniq takliflar ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Innovatsion rivojlanish agentligi Global innovatsiya indeksi hisobotida mamlakatimiz koʻrsatkichlariga oid maʼlumotlarni yangilash, shuningdek, maʼlumoti mavjud boʻlmagan va past baholangan indikatorlarning ijobiy dinamikasini taʼminlash yuzasidan YuNESKOning Statistika instituti va Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bilan doimiy muzokaralar olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Milliy statistika qoʻmitasi Statistik samaradorlik koʻrsatkichlari indeksida Oʻzbekiston pozitsiyalarini yaxshilash maqsadida ishchi kuchi kuzatuvlarining axborot bankini Xalqaro mehnat tashkilotining elektron axborot tizimida muntazam ravishda eʼlon qilishni taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi 2026-2027-yillarda davlat grantlari va davlat ijtimoiy buyurtmalarini ajratishda xalqaro reyting va indekslarda baholanadigan sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning joylardagi ijrosini jamoatchilik monitoringidan oʻtkazish, aholining mazkur islohotlar toʻgʻrisidagi xabardorligini oshirish, fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish, inson huquqlari, ochiqlik va hisobdorlik tamoyillarini qaror toptirish hamda xalqaro reyting va indekslar koʻrsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan nodavlat notijorat tashkilotlari loyihalarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tanlovlar tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xalqaro reyting va indekslarga biriktirilgan mutasaddi vazirlik va idoralar hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy ravishda ustuvor xalqaro reyting va indekslar metodologiyasidagi oʻzgarishlarni tizimli monitoring qilib borsin hamda ularning milliy qonunchilik va davlat siyosatiga taʼsiri yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston uchun ustuvor boʻlgan xalqaro reyting va indekslarning hisobotlari eʼlon qilingach, mamlakatimizning joriy koʻrsatkichlari, maqsadli koʻrsatkichlarga erishish holati hamda mavjud muammolar yuzasidan tahliliy maʼlumotlarni Respublika kengashining ishchi organlariga taqdim etib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustuvor xalqaro reyting va indekslarga oid maʼlumotlarning xalqaro tashkilotlarga toʻliq, ishonchli va oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 10-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-318-V-son