Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Kredit byurolarini roʻyxatga olish va ularning faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 19-bandiga qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 17-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3042-7]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi hamda 2026-yil 27-martdagi OʻRQ-1126-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/23-son qarori (roʻyxat raqami 3042, 2018-yil 25-iyul) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 10/18/3042/1573-son) bilan tasdiqlangan Kredit byurolarini roʻyxatga olish va ularning faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 19-bandida:
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“kredit byurosi binosida nogironligi boʻlgan shaxslar uchun shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq qulay shart-sharoitlar yaratilganligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining xulosasi.”;
yettinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2026-yil 7 iyul,
20/3-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.07.2026 y., 10/26/3042-7/0752-son)