Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining
buyrugʻi
Temir yoʻl transporti hamda metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bogʻliq hodisalarni tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 16-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3376-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-son “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2022-yil 9-iyundagi 7-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3376, 2022-yil 27-iyul) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 10/22/3376/0682-son) bilan tasdiqlangan Temir yoʻl transporti hamda metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bogʻliq hodisalarni tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. MAXKAMOV
Toshkent sh.,
2026-yil 22-iyun,
8-son
Kelishildi:
Davlat xavfsizlik xizmati raisi B. KURBANOV
2026-yil 19-iyun
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. IKRAMOV
2026-yil 20-aprel
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2026-yil 15-aprel
Ichki ishlar vaziri A. TASHPULATOV
2026-yil 11-aprel
Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2026-yil 22-iyundagi 8-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Temir yoʻl transporti hamda metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bogʻliq hodisalarni tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 3-bandning birinchi xatboshisidagi “epikirovka punktlarida” degan soʻzlar “ekipirovka punktlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 5-bandning oʻninchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“harakatdagi tarkibning oʻz-oʻzidan yoki tashqi taʼsir kuchi ostida ruxsat etilmagan (boshqaruvsiz) harakatlanishi;”.
3. 6-bandda:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — oʻn uchinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
4. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Temir yoʻl transportida harakat va tashishlar xavfsizligining buzilishi yengib boʻlmaydigan kuch, yaʼni favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib boʻlmaydigan vaziyatlar (tabiiy ofatlar, gidrometeorologik va geologik xavfli hodisalar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlar) yoki uchinchi tomon taʼsirida sodir boʻlgan holatlar (ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi)ning kafolat muddati davrida harakatdagi tarkib, temir yoʻl infratuzilmasi obyektlari yoki ularning ehtiyot qismlaridagi nosozliklar, temir yoʻl transporti xodimlarining ish faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan holatdagi temir yoʻl kesishmalarida sodir boʻlgan toʻqnashuvlar, temir yoʻl izlariga begona shaxslar tomonidan buyumlar qoʻyilishi yoki qoldirilishi) boshqa hodisalar sifatida baholanadi.”.
5. 11-bandning oʻn yettinchi xatboshisidagi “blakirovkalash” degan soʻz “blokirovkalash” degan soʻz bilan almashtirilsin.
6. 12-bandda:
oltinchi va yettinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yoʻlovchi poyezdlariga yordamchi poyezd talab qilinishi;
svetoforning taqiqlovchi ishorasidan oʻtib ketish holatini yuzaga kelishiga sabab boʻlgan ruxsat ishorasini taqiqlovchi ishoraga almashib qolishi;”;
sakkizinchi xatboshidagi “uzatilishini ruxsatsiz toʻxtatilishi” degan soʻzlar “uzatilishining nosozlik sababli toʻxtatilishi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
7. 13-banddan “(temir yoʻl izlariga begona shaxslar tomonidan buyumlar tashlanishi)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
8. 17-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Toshkent metropoliteni” DUK boshligʻining” degan soʻzlar “Toshkent metropoliteni” AJ boshqaruv raisining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 19-bandda:
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tekshiruv materiallarini ushbu Nizom talablariga muvofiq rasmiylashtirish hamda mazkur materiallar nusxalarini oʻn besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda Transport nazorati inspeksiyasiga taqdim etish. Obyektiv sabablarga koʻra ushbu muddat yana oʻn besh ish kunigacha uzaytirilishi mumkin. Bunda obyektiv sabablarga qoʻshimcha ekspertiza yoki tadqiqotlar oʻtkazish zarurati, tergov natijalarini kutish, qoʻshimcha hujjat va maʼlumotlarni olish kiradi.”.
10. 29-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“29. Xizmat tekshiruvi natijalari boʻyicha vazirlik komissiyasi, temir yoʻl transporti subyekti komissiyasi va metropoliten komissiyasi tomonidan barcha materiallarni oʻz ichiga olgan ikkita asl nusxada yigʻmajild shakllantiriladi.
Bunda ushbu yigʻmajildning bir nusxasi temir yoʻl transporti subyektiga, ikkinchi nusxasi esa Transport nazorati inspeksiyasining tegishli hududiy boʻlinmasiga taqdim etiladi. Boshqa tashkilotlarga hujjatlar elektron tarzda taqdim etilishi mumkin.”.
11. 30-bandda:
beshinchi xatboshidagi “Toshkent metropoliteni” DUKning” degan soʻzlar “Toshkent metropoliteni” AJning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshi “texnik xulosa” degan soʻzlardan keyin “(faqat poyezdlar halokati va avariyalar boʻyicha)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
sakkizinchi xatboshi “dastlabki tashxislar” degan soʻzlardan keyin “(faqat poyezdlar halokati va avariyalar boʻyicha)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
oʻninchi xatboshidagi “asosida” degan soʻz “mavjud boʻlsa” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi xatboshi “tahlili natijalari” degan soʻzlardan keyin “(jihozlangan boʻlsa)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
oʻn ikkinchi xatboshi “tahlili natijalari” degan soʻzlardan keyin “(jihozlangan boʻlsa)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
oʻn toʻrtinchi xatboshi “varaqlari” degan soʻzdan keyin “(metropoliten bundan mustasno)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
oʻn oltinchi xatboshi “nusxasi” degan soʻzdan keyin “(poyezdlar grafigi yuritilmaydigan holatlar bundan mustasno)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
oʻn yettinchi xatboshi “koʻchirmalar” degan soʻzdan keyin “(faqat poyezdlar halokati va avariyalar boʻyicha)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
yigirmanchi xatboshi “maʼlumotnoma” degan soʻzdan keyin “(metropoliten bundan mustasno)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
yigirma uchinchi xatboshidagi “Toshkent metropoliteni” DUKga” degan soʻzlar “Toshkent metropoliteni” AJga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. 31-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31. Yigʻmajildning asl nusxalari Transport nazorati inspeksiyasi va “Toshkent metropoliteni” AJ yoki temir yoʻl transporti subyektiga beriladi.”.
13. 32-bandda:
birinchi xatboshidagi “Toshkent metropoliteni” DUK” degan soʻzlar “Toshkent metropoliteni” AJ” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidan “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
14. 33-bandda:
birinchi xatboshidagi “Toshkent metropoliteni” DUK” degan soʻzlar “Toshkent metropoliteni” AJ” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Toshkent metropoliteni” DUKning” va “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligiga” degan soʻzlar tegishli ravishda “Toshkent metropoliteni” AJning” va “Transport nazorati inspeksiyasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Obyektiv sabablarga koʻra ushbu muddat yana oʻn besh ish kunigacha uzaytirilishi mumkin. Bunda obyektiv sabablarga qoʻshimcha ekspertiza yoki tadqiqotlar oʻtkazish zarurati, tergov natijalarini kutish, qoʻshimcha hujjat va maʼlumotlarni olish kiradi.”.
15. 34-banddagi “Toshkent metropoliteni” DUK” degan soʻzlar “Toshkent metropoliteni” AJ” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
16. 35-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“35. Temir yoʻl transportida yoki metropolitenda sodir boʻlgan poyezdlar halokati va avariyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ushbu Nizomning 9-ilovasiga, ishdagi alohida hodisalar, ishdagi hodisalar hamda boshqa hodisalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar esa 10-ilovasiga muvofiq temir yoʻl transporti subyekti yoki “Toshkent metropoliteni” AJ tomonidan rasmiylashtirilib, Transport nazorati inspeksiyasiga taqdim etiladi.”.
17. 9-ilovaning matnidagi “epikirovka punktlarida” degan soʻzlar “ekipirovka punktlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
18. 10-ilovada:
a) “Ishdagi alohida hodisalar” boʻlimida:
“Temir yoʻl transportida” bobining sakkizinchi pozitsiyasidagi “Temir yoʻlning harakatdagi tarkibi poyezdni qabul qilish, joʻnatish yoʻnalishiga yoki bekat oraligʻiga ketib qolishi” degan soʻzlar “Harakatdagi tarkibning oʻz-oʻzidan yoki tashqi taʼsir kuchi ostida ruxsat etilmagan (boshqaruvsiz) harakatlanishi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Metropolitenda” bobining oʻn beshinchi pozitsiyasidagi “blakirovkalash” degan soʻz “blokirovkalash” degan soʻz bilan almashtirilsin.
b) “Ishdagi hodisalar” boʻlimida:
“Temir yoʻl transportida” bobidan birinchi pozitsiya chiqarib tashlansin;
“Metropolitenda” bobida:
beshinchi pozitsiyadagi “Harakatdagi tarkibni ruxsat etilmasdan ortga harakatlanishi” degan soʻzlar “Yoʻlovchi poyezdlariga yordamchi poyezd talab qilinishi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi pozitsiyadagi “Poyezddagi maxsus ulagich uskunalarning oʻz-oʻzidan ajralib ketishi” degan soʻzlar “Svetoforning taqiqlovchi ishorasidan oʻtib ketish holatini yuzaga kelishiga sabab boʻlgan ruxsat ishorasini taqiqlovchi ishoraga almashib qolishi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi pozitsiyadagi “uzatilishini ruxsatsiz toʻxtatilishi” degan soʻzlar “uzatilishining nosozlik sababli toʻxtatilishi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻninchi pozitsiya chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 10/26/3376-2/0743-son)