OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI DAVLAT ZAXIRALARINI BOSHQARISH QOʻMITASINING
Qarori
Birinchi guruh moddiy boyliklarini masʼul saqlovchi tashkilotlarda hujjatlarni rasmiylashtirish va hisobni tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 7-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2481-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-martdagi 113-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi va 2021-yil 28-apreldagi 249-son “Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogini joriy etish, tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tuzilgan shartnomalarni elektron roʻyxatdan oʻtkazish va tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnomalarni elektron rasmiylashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining 2013-yil 25-iyundagi 1-son qarori (roʻyxat raqami 2481, 2013-yil 22-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 30-son, 393-modda) bilan tasdiqlangan Birinchi guruh moddiy boyliklarini masʼul saqlovchi tashkilotlarda hujjatlarni rasmiylashtirish va hisobni tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais M. KURBANOV
Toshkent sh.,
2026-yil 1-iyul,
11-son
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining 2026-yil 1-iyuldagi 11-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Birinchi guruh moddiy boyliklarini masʼul saqlovchi tashkilotlarda hujjatlarni rasmiylashtirish va hisobni tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Birinchi guruhga moddiy boyliklarni qabul qilish dalolatnomasi asosida qabul qilinadigan moddiy boyliklar uchun yuk qabul qiluvchi tashkilot tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan Tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnomalarni elektron rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom hamda Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-sonli BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralar”ga (roʻyxat raqami 3259, 2020-yil 30-iyun) muvofiq ishonchnoma rasmiylashtiriladi.”.
2. 32-banddagi “yozma ravishda” degan soʻzlar “yozma yoki elektron ravishda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 37-banddagi “yozma xabar” degan soʻzlar “yozma yoki elektron xabar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 66-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“66. Birinchi guruh moddiy boyliklarini bevosita oluvchi tashkilot vakiliga berib yuborish (yuklash) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan Tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnomalarni elektron rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom hamda Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-sonli BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralar”ga (roʻyxat raqami 3259, 2020-yil 30-iyun) muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida amalga oshiriladi.”.
5. 95-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“95. Birinchi guruh moddiy boyliklarining miqdoriy saqlanishini inventarizatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-sonli BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish”ga (roʻyxat raqami 3548, 2024-yil 12-avgust) muvofiq sanash, tarozida tortish va oʻlchash orqali amalga oshiriladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2026 y., 10/26/2481-1/0697-son)