OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI DAVLAT ZAXIRALARINI BOSHQARISH QOʻMITASINING
QARORI
Birinchi guruhga muzlatilgan goʻsht yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 33-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 3-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2488-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son “Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining 2013-yil 25-iyundagi 6-son qarori (roʻyxat raqami 2488, 2013-yil 24-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-yil, 30-son, 403-modda) bilan tasdiqlangan Birinchi guruhga muzlatilgan goʻsht yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 33-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“33. Tashkilotlarda elektr qurilmalardan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga muvofiq bajariladi.”.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais M. KURBANOV
Toshkent sh.,
2026-yil 24-iyun,
4-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2026 y., 10/26/2488-2/0694-son)