11.06.2026 yildagi VII-24-54-8-211-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI BANDIXON TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandixon tumanidagi mavjud ayrim geografik obʼektlarning nomlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obʼektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq “Geografik obʼektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Tuman hokimi, Geografik obʼektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi raisi 2026-yil 26-maydagi 01-09/633-son xati, Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining oʻrinbosarib Geografik obʼektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekpetizadan oʻtkazish ekspert komissiyasining 2026-yil 19-maydagi yigʻilish bayoni hamda 2026 yid 19 maydagi 05-19-8866-son davlat ekspertizasi xulosasini koʻrib chiqib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 6-moddasiga asosan Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman hokimi, Geografik obʼektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi raisi 2026-yil 26-maydagi 01-09/633-son xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining oʻrinbosari Geografik obʼektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekpetizadan oʻtkazish ekspert komissiyasining 2026-yil 19-maydagi yigʻilish bayoni hamda 2026-yil 19-maydagi №05-19-8866-son davlat ekspertizasi xulosasiga asosan tumandagi jami 43 ta koʻcha geografik obʼektlarni nomlash va qayta nomlash boʻyicha berilgan ekspertiza xulosasi Oʻzbekiston Respublikasi “Geografik obʼektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasiga muvofiq deb hisoblanganligi inobatga olinsin hamda shu geografik obʼektlarning nomlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman hokimining oʻrinbosarlari (D.Musurmonov, A.Doniyorov, U.Qulmamatov), Mahallalar uyushmasi tuman boʻlimi (X.Toʻrayev) yangi nomlanayotgan koʻchalarni nomlari aks ettirilgan peshlavhalarni 1 (bir) oy muddatda belgilangan tartibda oʻrnatish vazifasi topshirilsin..
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki nomlangan koʻchalarga peshlavhalar tayyorlash, oʻrnatish uchun sarflanadigan mablagʻlar qonunda taqiqlanmagan manbalar hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman statistika boʻlimi (Oʻ.Rahmatov), davlat kadastrlari palatasi Bandixon tuman filiali (M.Jamayev) nomlangan koʻchalarning nomlarini belgilangan tartibda roʻyxatga olish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman Ichki ishlar boʻlimi (J.Toʻrayev) fuqarolarni doimiy yashash joyiga roʻyxatga qoʻyishda yangi nomlangan koʻchalarni inobatga olish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash uchun tuman hokimining oʻrinbosarlari (D.Musurmonov, A.Doniyorov, U.Qulmamatov), tuman hokimligi axborot xizmati rahbari-davlat tili boʻyicha maslahatchi (Z.Pardayev) hamda Mahallalar uyushmasi tuman boʻlimi (X.Toʻrayev)lar masʼul etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bandixon tumani hokimligi Axborot xizmati rahbari-davlat tili boʻyicha maslahatchisi (Z.Pardayev) yoʻl boʻyi hamda turizm sohasida mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar hamda mahalliy gazetalar orqali keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalar boʻyich doimiy komissiyasi (N.Allamuradova) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi JURAYEV ERKINJON NORMURODOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati, Bandixon tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 11-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-24-54-8-211-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.