XALQ DEPUTATLARI QIZILTEPA TUMANI KENGASHINING
Qarori
Qiziltepa tumani boʻyicha 2026-yilda “Alkogol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkogol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini belgilash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarori ijrosini taʼminlash va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6- va 24-moddalari hamda Xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining 2026-yil 11-fevraldagi DKQ03-01/9-26-sonli qaroriga asosan, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar” toʻgʻrisidagi 387-sonli qarori 2-xatboshi “v”-bandida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga “Alkogol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkogol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini 20 foizgacha oshirish vakolati berilganligi maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Qiziltepa tumani hududida 2026-yil uchun tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimlar stavkalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari N. Hayitov, tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (J. Hojiev), tuman Soliq inspeksiyasi bilan birgalikda mazkur qaror ijrosi oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
4. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (N. Hayitov), bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (Sh. Islomov) zimmalariga yuklansin.
Kengash raisi BOBOJONOV ULUGʻBEK RAXIMOVICH
Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani,
2026-yil 5-mart,
VII-18-16-5-72-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.