XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMANI KENGASHINING
Qarori
Konimex tumani “Toʻqqiztepa” mahalla fuqarolar yigʻini nomini “Shoʻrkoʻl” mahalla fuqarolar yigʻini nomiga oʻzgartirish toʻgʻrisida
Konimex tumani “Toʻqqiztepa” mahalla fuqarolar yigʻini nomini “Shoʻrkoʻl” mahalla fuqarolar yigʻini deb nomlanish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-maydagi “Shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 294-sonli qaroriga muvofiq yigʻilgan hujjatlar va Konimex tumani hokimining 2026-yil 20-maydagi 01-06/1347-sonli xati, Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi tuman boʻlimi boshligʻi S.Risbekovning hisoboti, xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining 2026-yil 1-iyundagi DKQ-03-03/63-26-sonli qarori va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga muvofiq, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Konimex tumani hokimining 2026-yil 20-maydagi 01-06/1347-sonli xati hamda “Toʻqqiztepa” mahalla fuqarolar yigʻinining 2026-yil 11-fevraldagi 4-son yigʻilish bayoni bilan “Toʻqqiztepa” mahalla fuqarolar yigʻini nomini “Shoʻrkoʻl” mahalla fuqarolar yigʻini deb oʻzgartirish boʻyicha iltimosnomasi, Geografik obʼektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasining 2026-yil 23-apreldagi 01-06/38-son yigʻilishi bayoni, Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2026-yil 15-maydagi 05/08-5262-sonli, viloyat hokimligining 2026-yil 20-maydagi 16-16/463-sonli xatlari inobatga olinsin.
2. Konimex tumani “Toʻqqiztepa”mahalla fuqarolar yigʻini nomini “Shoʻrkoʻl” mahalla fuqarolar yigʻini nomiga oʻzgartirish toʻgʻrisida Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi tuman boʻlimi boshligʻi S.Risbekovning hisoboti qoniqarli deb topilsin.
3. Konimex tumani “Toʻqqiztepa” mahalla fuqarolar yigʻini nomi qonun hujjatlariga asosan “Shoʻrkoʻl” mahalla fuqarolar yigʻini deb oʻzgartirilsin.
4. Konimex tumani hokimining maʼnaviy - maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi (G. Narinbetova)ga mazkur geografik obektni Davlat reestriga kiritish choralarini koʻrsin.
5. Tuman hokimligi axborot xizmati (A. Neʼmatov) va “Keнимех таны” gazetasi tahririyati (N. Kalmanbetova)larga Oʻzbekiston Respublikasi “Geografik obektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi hamda “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonunlari talablari asosida ushbu olib borilgan ishlarni ommaviy-axborot vositalarida yoritib borish tavsiya etilsin.
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
7. Ushbu qarorning ijrosini taʼminlash tuman hokimining oʻrinbosari (M. Tulegenov), nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (R. Zaitov) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi XUDAYBERDIYEV AZAMAT XAYDARKULOVICH
Navoiy viloyati, Konimex tumani,
2026-yil 5-iyun,
VII-24-61-5-70-K/26-son