XALQ DEPUTATLARI ZARBDOR TUMANI KENGASHINING
Qarori
Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining 2026-yil 5-martdagi VII-23-33-3-49-K/26-sonli qarorini qonunga muvofiqlashtirish toʻgʻrisida
Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining 2026-yil 5-martdagi VII-23-33-3-49-K/26-sonli qarori bilan tumanda 2026-yil uchun alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini 20 foizga oshirish belgilangan boʻlib, bu orqali tadbirkorlar zimmasiga yangi majburiyat yuklatilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 40-moddasi 2-qismiga muvofiq tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartib-taomili murakkablashtirilishini va tadbirkorlik faoliyati subyektlari zimmasiga yangi majburiyatlar yuklatilishini nazarda tutadigan, shuningdek ularning javobgarligiga oid yangi choralarni belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kamida uch oydan keyin kuchga kiradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6- va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasining 2026-yil 6-apreldagi 22-06/1371-sonli xati hamda mart oyi monitoring natijalari maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2026-yil 5-martdagi VII-23-33-3-49-K/26-sonli qarorining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.”
3. Ushbu qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (T. Qodirov) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi ARALOV ANVAR MAMADALIYEVICH
Jizzax viloyati, Zarbdor tumani,
2026-yil 4-may,
VII-26-77-3-49-K/26-son