12.05.2026 yildagi VII-26-39-10-145-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq Deputatlari Yuqorichirchiq tumani Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumandagi mahalla fuqarolar yigʻinlarida joylashgan nomsiz koʻchalarga nom berish va takroriy nomdagi koʻchalarning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yildagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi 303-sonli Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-sonli qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash sohasidagi davlat siyosatini yanada takomillashtirish hamda samarali amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2026-yil 19-martdagi 03/08-2829-son xati hamda Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish ekspert komissiyasi raisi T.M. Abdullayevning 2026-yil 17-martdagi 05-19-4776-sonli ekspert xulosasi, komissiya yigʻilish bayoni hamda tuman hokimi U.B. Atemovning axboroti maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish ekspert komissiyasining ilovada keltirilgan qonun talablariga muvofiq deb topilgan tuman boʻyicha jami 1345 ta geografik obyektni nomlash boʻyicha taklifidan 1234 ta geografik obyekt nomlari Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yildagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi 303-sonli Qonuni hujjatlari talablariga muvofiqligi, 111 ta geografik obyekt nomlari qonun hujjatlari talablariga nomuvofiqligi, shundan 42 ta geografik obyekt nomi “Geografik obyektlar nomlarining oʻzbek tilida yozilishi” qoidalari asosida meʼyorlashtirilganligi toʻgʻrisida berilgan ekspert xulosasi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman ichki ishlar boʻlimi (D. Toshtemirov), tumandagi barcha mahallalardagi qayta nomlangan koʻchalarga va tegishli yoʻl belgilariga oʻzgartirishlar kiritish bilan bogʻliq tashkiliy ishlar va hududlarda aholining fuqarolik pasportlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish ishlarini tashkiliy ravishda amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Yuqori Chirchiq tuman boʻlimi (O. Xoltoyev) bir oy muddatda hududlarda nomlari oʻzgargan geografik obyektlarning nomini aholi oʻrtasida keng targʻib etish, belgilangan tartibda zamonaviy koʻrinishdagi (lotin yozuvida) peshlavhalarga yozib, oʻrnatish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tegishli mahalla fuqarolar yigʻinlari raislariga ayrim koʻchalarning yangidan nomlanishi munosabati bilan aholi oʻrtasida targʻibot-tashviqot ishlarini oʻtkazish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kadastrlar palatasi tuman filiali (A. Aliyev) va tuman statistika boʻlimi (N. Usmonov) 15 (oʻn besh) kun muddatda xalq deputatlari tuman Kengashining mazkur qarori bilan oʻzgartirilgan geografik obyektlarining nomlarini davlat reyestriga kiritish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi (A. Usmanov), tuman statistika boʻlimi (N. Usmonov), Kadastrlar palatasi tuman filiali (A. Aliyev) larga tegishli davlat roʻyxatidan oʻtkazish idoralari bilan birgalikda mazkur qarordan kelib chiqib hisobotlarga belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman hokimligi axborot xizmati rahbari (J. Saydaliyev), mazkur qaror rasman eʼlon qilingandan soʻng hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (A. Shakirov) va tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari D. Asqarov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi URALOVA XULKAR ABDUKABIROVNA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 12-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-26-39-10-145-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.