XALQ DEPUTATLARI OQQOʼRGʼON TUMANI KENGASHINING
Qarori
Oqqoʻrgʻon tumani boʻyicha 2026-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 5-son qarorining 7-bandida 1-aprelga qadar vegetatsiya davri uchun va 1-oktabrga qadar kuz-qish davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqilishini va tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman Kengashlariga kiritilishi belgilab qoʻyilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 5-son qaroriga asosan, Oqqoʻrgʻon tumani “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasining 2026-yil 17-apreldagi 82/04-82-sonli xatini koʻrib chiqib, muassasa direktori E.Tagayevning hisobotini tinglab, Xalq deputatlari Oqqoʻrgʻon tumani Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining 2026-yil 4-maydagi 03-01-04-DKQB/3-sonli qoʻshma majlis bayoni, doimiy komissiyaning DKQ 03-04/28-26-sonli qarori va xulosasi hamda Oʻzbekiston “Ekologik” partiya guruhi tomonidan bildirilgan taklif va fikr-mulohazalarni inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari Oqqoʻrgʻon tumani Kengashi, qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 5-son qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oqqoʻrgʻon tumani “Suv etkazib berish xizmati” Davlat muassasasi direktori E. Tagayevning qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida yakuniy isteʼmolchilarga suv yetkazib berish boʻyicha amalga oshirgan ishlar toʻgʻrisidagi hisoboti hamda Oqqoʻrgʻon tumani “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasining 2026-yil 17-apreldagi 82/04-82-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Oqqoʻrgʻon tumani “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi direktori E. Tagayevning Oqqoʻrgʻon tumani boʻyicha 2026-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun isteʼmolchilar kesimida ajratilgan suv limiti toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin va tumanda 2026-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun isteʼmolchilar kesimida ajratilgan suv limiti 1-2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oqqoʻrgʻon tumani “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi direktori E. Tagayevga:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish; oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish; sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish; isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatib borish vazifalari yuklatilsin.
5. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash Oqqoʻrgʻon tumani hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari K. Shintemirov zimmasiga, qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Oqqoʻrgʻon tumani Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha doimiy komissiyasi (I. Masaliev) zimmasiga yuklatilsin.
6. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
Kengash raisi RUSTAMOV MAMIR RAJABOVICH
Toshkent viloyati, Oqqoʻrgʻon tumani,
2026-yil 8-may,
VII-34-54-10-133-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.