22.05.2026 yildagi VII-26-35-10-134-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI OHANGARON TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ohangaron tumanidagi mavjud geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish ekspert komissiyasining 2026-yil 10-martdagi 03/08-2308-sonli yigʻilish bayonnomasi va “Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqida”gi ekspert xulosasi, shuningdek, “Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari” boʻyicha viloyat komissiyasining 2026-yil 13-apreldagi 1/12-4-1809-sonli yigʻilish bayoni hamda Xalq deputatlari tuman Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport” masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining 2026-yil 13-maydagi 03-03-DKB/27-sonli majlis bayonini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi 303-sonli Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 24-moddalariga muvofiq, Xalq deputatlari Ohangaron tumani Kengashi, qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman hokimining maʼnaviyat va davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi N. Azimovaning hisoboti hamda Xalq deputatlari tuman Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport” masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining 2026-yil 13-maydagi 03-03-DKB/27-sonli majlis bayoni maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish ekspert komissiyasining 2026-yil 10-martdagi 03/08-2308-sonli yigʻilish bayonnomasi va “Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqida”gi ekspert xulosasiga asosan tumanda joylashgan 2 ta qabristonning qonun hujjatlariga muvofiq deb topilgan nomlar roʻyxati ilovaga asosan tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi, tuman bosh imom xatibi, 1 oy muddatda tumandagi mavjud qabristonlarni ushbu qaror ilovasiga muvofiq tasdiqlangan roʻyxat asosida nomlarini oʻrnatish va olib borilgan ishlar yuzasidan maʼlumotlarni belgilangan muddatda “Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari” boʻyicha tuman komissiyasiga taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimligi, tuman IIB, hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, kadastr agentligining tuman boʻlimi boshligʻi, davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshligʻi va boshqa tegishli mutasaddi davlat organlari bilan birgalikda oʻzgargan qabriston nomlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, ish yuritish hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda boshqa tegishli tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq jarayonlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror “Ohangaron hayoti” gazetasida rasman eʼlon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin, ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi RAXMANOV IBRAGIMJON ABSAMATOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati, Ohangaron tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 22-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-26-35-10-134-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.