OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGINING
QARORI
Oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari (toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish uchun tushumlarning faqat toʻlov-kontrakt miqdorining oshirilgan qismi) hisobidan akademik litseylar uchun oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari sotib olish hamda akademik litseylarning oʻqituvchi va oʻquvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 16-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 2-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2992-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-son “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Moliya vazirligining 2018-yil 27-fevraldagi 2-2018 va 40-son qarori (roʻyxat raqami 2992, 2018-yil 5-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 10/18/2992/1009-son) bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari (toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish uchun tushumlarning faqat toʻlov-kontrakt miqdorining oshirilgan qismi) hisobidan akademik litseylar uchun oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari sotib olish hamda akademik litseylarning oʻqituvchi va oʻquvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 16-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Akademik litseylarning xalqaro va respublika miqyosidagi olimpiadalar gʻoliblari (1, 2 va 3 oʻrin sohiblari), oliy taʼlimning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga kirishda imtiyoz beradigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi va (yoki) umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy yoki xalqaro tan olingan kamida 2 ta sertifikatga ega yoxud aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlaridan boʻlgan oʻquvchilari oliy taʼlim muassasasi tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan moddiy ragʻbatlantiriladi.
Moddiy ragʻbatlantirish har oyda bir oʻquvchiga bazaviy hisoblash miqdorining ikki barobaridan ortiq boʻlmagan miqdorda oylik stipendiya, bir yilda bir oʻquvchiga bazaviy hisoblash miqdorining olti barobaridan ortiq boʻlmagan miqdorda bir yoʻla toʻlanadigan moddiy yordam koʻrinishida amalga oshiriladi.”.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. SHARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 25-may,
34-q/q-son
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2026-yil 25-may,
368-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2026 y., 10/26/2992-1/0551-son)