XALQ DEPUTATLARI YANGIYOʻL TUMANI KENGASHINING
Qarori
Yangiyoʻl tumani boʻyicha 2026-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlar uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli Qarorining 7-bandida 1-aprelga qadar vegetatsiya davri uchun va 1-oktyabrga qadar kuz-qish davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqilishini va tasdiqlash uchun Xalq deputatlari tuman Kengashlariga kiritilishi belgilab qoʻyilgan.
Yangiyoʻl tuman “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi direktori K.Y.Abilkasimovning maʼruzasiga asosan,Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 24-moddalariga muvofiq, Xalq deputatlari Yangiyoʻl tuman Kengashini VII chaqiriq navbatdagi XXVIII sessiyasi, qaror qiladi:
1. Yangiyoʻl tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi boshligʻi K.Y. Abilkasimovning maʼruzasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Yangiyoʻl tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan 2026-yil I-choragi mobaynida amalga oshirilgan ishlar qoniqarli deb baholansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli Qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
4. Yangiyoʻltumani “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi direktori K.Y. Abilkasimovning qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida yakuniy isteʼmolchilarga suv yetkazib berish boʻyicha amalga oshirgan ishlari hamda Yangiyoʻl tumani “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasining 2026-yil 30-martdagi 37-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
5. Yangiyoʻl tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori K.Y. Abilkasimovning Yangiyoʻl tumani boʻyicha 2026-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun isteʼmolchilar kesimida ajratilgan suv limiti toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin va tumanda 2026-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun isteʼmolchilar kesimida ajratilgan suv limiti 1-2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
6. Yangiyoʻl tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori K.Y. Abilkasimovga:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish borish vazifalari yuklatilsin.
Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan joriy yilning sentyabr oyida xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobot bersin.
7. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash Yangiyoʻl tumani hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Gʻ.T. Turdiboyev zimmasiga yuklatilsin.
8. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari Yangiyoʻl tuman Kengashining “Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasi raisi Z.A. Gaffarov zimmasiga yuklatilsin.
9. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi XOLMIRZAYEV BAXTIYOR BEKMIRZAYEVICH
Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tuman,
2026-yil 6-may,
VII-28-35-10-146-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.